=== Taqdimot 1 ===
YURAK–QON TOMIRLARI TIZIMI
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch tushunchalar:
Yurak, katta qon aylanish doirasi, kichik qon aylanish doirasi, yurak klapanlari, yurak bo‘lmachasi, yurak qorinchasi, aorta, arteriya, vena, kapillyar, mikrotserkulyator tizim, sistola, diastola, miokard, limfa suyuqligi, limfa tomirlari, immun tizimi, immunogenez a’zolar, ayrisimon bez, suyak ko‘migi.
=== Taqdimot 3 ===
Reja:
Yurak joylashishi, tuzilishi va funksiyasi.
Yurak va qon aylanish tizimi.
Arteriya qon tomirlarining tuzilishi.
Venalar va ularning xususiyati.
01
04
02
03
=== Taqdimot 4 ===
Yurak va qon aylanish tizimi
Yurak qon tomirlar tizimiga qonni haydovchi markaziy a’zo – yurak, yopiq tipda tuzilgan qon tomirlar: arteriyalar, venalar, arteriolalar, venulalar va kapillyarlar kiradi.
=== Taqdimot 5 ===
Yurakning tuzilishi
Qushlarda va sut emizuvchilarda qon aylanish tizimi ikki qon aylanish doirasiga bo‘linadi – katta va kichik.
Katta qon aylanish doirasi chap qorinchadan boshlanib, o‘ng bo‘lmachada tugallanadi. Kichik qon aylanish doirasi o‘ng qorinchadan boshlanib, chap bo‘lmachada tugallanadi.
Qon tomirlar terining epidermisida, sochda, tirnoqlarda ko‘zning shox pardasida va bo‘g‘im tog‘aylarida bo‘lmaydi.
=== Taqdimot 6 ===
Qon tomirlarni odam tanasida joylashuvi ma’lum qonuniyatlarga boʻysunadi. Bu qonuniyatlar buyuk sport morfologi P.F.Lesgaft tomonidan ta’riflangan. Qon tizimini tuzilishi odam organizmini umumiy tuzilish prinsipiga bog‘liq.
=== Taqdimot 7 ===
Katta va kichik qon aylanish doirasi
Kichik qon aylanish doirasi o‘ng qorinchadan boshlanib, chap bo‘lmachada tugallanadi.
Katta qon aylanish doirasi chap qorinchadan boshlanib, o‘ng bo‘lmachada tugallanadi.
Katta qon aylanish doirasi
Kichik qon aylanish doirasi
=== Taqdimot 8 ===
Arteriya qon tomirlarining tuzilishi
Qon tomirlarining tuzilishi ularning bajaradigan funksiyasi bilan bog‘liq. Funksional jihatdan tomirlarni moslanishi bir nechta ko‘rinishda bo‘lib, ma’lum belgilarni paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Qon bosimiga nisbatan doim qarshilik ko‘rsatishga moslangan qon tomirlarning devorlari o‘zining egiluvchanligi va cho‘ziluvchanligi bilan ta’riflanadi.
=== Taqdimot 9 ===
Qon tomirlarining devorini qisqarishi va cho‘zilishi, yurakning ishi orqali idora etilishi tufayli, qon oqimi beto‘xtov va ritmik ravishda butun organizm bo‘ylab harakatlanadi. Teshik diametri yirik, o‘rta va kichik kalibrli arteriyalar farqlanadi. Arteriyalar devorini tuzilishi jihatdan 3 guruhga, chunonchi muskul tipidagi, elastik tipidagi va aralash muskul-elastik tipdagi arteriyalarga bo‘linadi.
=== Taqdimot 10 ===
Mikrotsirkulyator tizimi
=== Taqdimot 11 ===
Venalar va ularning xususiyati
Venalar devori tuzilishi jihatdan ikki guruhga, muskulsiz va muskulli venalarga bo‘linadi. Muskulli venalar o‘z navbatida muskuli sust rivojlangan va muskul elementlari yaxshi rivojlangan venalarga ajraladi. Muskulsiz tipdagi venalar devori bazal membrana ustida joylashgan endoteliydan va bazal membranani tashqarisidan joylashgan yupqa qatlam biriktiruvchi to‘qima elementlaridan tuzilgan.
=== Taqdimot 12 ===
Venalarning umumiy soni arteriyalarga nisbatan ancha ustun bo‘ladi. Venalarda qon oqimini tezligi pastroq va qon anchagina passiv oqadi. Venalar kalibriga qarab, qon tezligi o‘rtacha sekundiga 14-20 sm teng bo‘ladi.
=== Taqdimot 13 ===
Yurak joylashishi, tuzilishi va funksiyasi
Yurak muskulli a’zo bo‘lib, ko‘krak qafasining ichida, ko‘ks oraligʻining o‘rta qismida, to‘sh suyagining orqasida joylashgan. Uning 2/3 qismi chap, 1/3 qismi o‘ng tomonida qiya holatda joylashgan bo‘lib, uchi oldinga, pastga va chapga qaragan.
=== Taqdimot 14 ===
Tirik odamda yurakning kengligi 12-15 sm. Uzunasi 14-16 sm, ayollarda o‘rtacha vazni 250 g, erkaklarda 300 g. Yurak yassilashgan konus shaklida bo‘lib, ko‘pincha joylashuvi va shakli odamning yoshiga va qonstitutsiyasiga, nafas harakatlari va bajariladigan jismoniy harakatlariga bog‘liq. Ma’lumki eng keng tarqalgan kostitutsional sxemalardan odamlarni tana proportsiyalariga ko‘ra braxiomorf, dolixomorf va mezomorf tiplarga ajratish amaliyotda keng qo‘llaniladi.
=== Taqdimot 15 ===
Yurakning kengaygan qismi asos deyilib, yuqorida joylashgan. Bu yerda eng yirik qon tomirlari joylashganligi sabali, yurak osiglik holatda bo‘ladi. Yurakning eng turtib chiqqan va chapga qaratilgan qismi yurak uchi deyiladi. Yurak perikard yoki yurak xaltasi deb ataladigan seroz parda bilan o‘ralgan. Yurakda tush-qovurg‘a, diafragmal va o‘pka yuzalari farqlanadi.
=== Taqdimot 16 ===
Yurak to‘rtta bo‘limdan iborat
01
02
03
04
O‘ng bo‘lmacha
O‘ng qorincha
Chap bo‘lmachasi
Chap qorincha
=== Taqdimot 17 ===
Yurak devori uch qavatdan
Tashqi qavat- epikard
O‘rta qavat-miokard
Ichki qavat – endokard
=== Taqdimot 18 ===
Yurak joylashishi, tuzilishi va funksiyasi
=== Taqdimot 19 ===
Limfa tizimi
Qorin sohasining limfa tugunlar
Ko‘krak qafasi sohasining limfa tugunlar
Chanoq (tos) sohasining tugunlari
Qoʻl limfa tomirlari va tugunlari
=== Taqdimot 20 ===
Limfa tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi
To‘qima va hujayralardan hosil bo‘lgan turli mahsulotlarni olib ketishda, ayniqsa qon kapillyarlariga oʻta olmaydigan yuqori molekulyarli oqsillarni va yot zarrachalarni.
Qonni zararlantirishda, ya’ni qon tarkibiga tushgan turli mikroblar va mikroorganizmlarni yemirishda ishtirok etadi.
Himoya vazifasi – limfa tugunlarida limfotsitlardan tashqari himoya ahamiyatga ega bo‘lgan oqsillar – antitanachalar ishlab chiqariladi va organizmning immun statusini ifodalaydi.
Venoz tizimi uchun yordamchi drenaj tizimi hisoblanadi.
Limfa – rangsiz yoki sargʻish suyuqlik bo‘lib, uning miqdori organizmda 1-1.5 l, tarkibi qon plazmasiga o‘xshashdir.
=== Taqdimot 21 ===
Xulosa
Xulosa qilib aytganda yurakning tuzilishi. Yurakning qorincha va bo‘lmachalari. Qon tomirlarning tuzilishi. Qorincha va bo‘lmachalardan qoning chiqishi va tomirlarda qoning harkatlanishi bilan tanishdilaringiz. Yurak to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilaringiz.
Bu mavzuda odamning yuragi, katta va kichik qon aylanish jarayonlarini ko‘rdik.
=== Taqdimot 22 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.