Tog’ay to’qimasi gistologik tuzilishi va tiplari
8000 so'm

Slayd 1
Tog’ay to’qimasi, uning gistologik tuzilishi va tiplari.
Slayd 2
Tog’ay to’qimasi morfologik tuzilishiga, rivojlanishi va vazifasiga ko’ra boshqa to’qimalardan tubdan farq qiladi. U biriktiruvchi to’qimalar qatoriga kiradi va ular bilan birgalikda o’rganiladi. Bunga sabab, to’g’ay organizmning e’mbrional rivojlanishi davrida biriktiruvchi to’qimaiar hosil bo’ladigan e’mbrional to’qimadan, ya’ni mexenxima hujayralaridan tarqaladi, ya’ni organizrnning dasttabki ontogenez rivojlanishi davrida skelet suyaklarining aksariyati o’rnida oldin tog’ay to’qimasi paydo bo’ladi, so’ng ular suyak to’qimaga aylanadi.
To’g’ay to’qimasi
Slayd 3
Tog’ay organizmda tayanch, mexaniq va biriktiruvchi vazifanii bajaradi. Odamda va sutemizuvchi hayvonlarda yetuk va yuksak darajada tabaqalangan bo’ladi. Tuzilishi jihatidan qattiq to’qimalar qatoriga kiradi. Qattiqligi jihatidan esa skelet suyaklaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Shuning uchun tog’ay to’qima tarkibida qon tomirlari va nerv tolalari kabi boshqa toqimalar uchramaydi.
Slayd 4
Tog’ayda moddalar almashinuvi uning ustini o’rab to’rgan tog’ay pardasi orqali sodir bo’ladi. Nerv tolalari bilan ta’minlanishi va innersiyasi ham shu parda orqali amalga oshadi.
To’g’ay gidrativ to’qimalar qatoriga kiradi, tarkibining 80 % suv, 15 % organiq moddalar va 5 % mineral tuzlardan tashkii topgan. Organiq moddalarning asosini oqsillar, mukopolisaxaridlar va lipidlar tashkil etadi. To’qimada uchraydigan oqsillar asosini esa fibrillyar oqsillar ya’ni kolagen va elastik hamda mikopolisaxaridlar bilan birikkan holda uchraydigan nofibrillyar oqsillar – xondroitin sulfatlar, keratosulfat va sialit kislota tashkii e’tadi Xondromukoprotein va xondromukoid tog’ay to’qimaning asosiy moddasi sifatida ko’plab uchraydi
Slayd 5
Tog’ay to’qimasi ham boshqa biriktiruvchi to’qimalarga o’xshab to’qimahujayralari va organiq moddadan tashkil topgan. Hujayralar tarkibiga shakli yumaloq yoki ovalsimon tog’ay hujayralari (xondrocitlar) va to’qimaning rivojlanishi hamda regenerasiyasini ta’minlovchi xondrioplast hujayralar kiradi. Hujayra oraliqlarini esa oraliq modda to’ldirib turadi. Oraliq modda boshqa boshqa to’qimalardagiga nisbatan bu yerda ko’proq bo’ladi va tayanch hamda mexaniq vazifalami bajaradi. Vazifasi va morfologik tuzilishiga ko’ra uch xil tog’ay to’qimasi uchraydi: gialin, elastik va tolador tog’ay to’qimalar. Hujayra va oraliq moddalarni quyidagicha klassifikasiya qilish mumkin.
Slayd 6
xondrosit
xondroblastlarga
Tog’ay
Slayd 7
Xondrotsit
Elektron mikroskopda hujayra sitoplazmasida mitoxondriy, donador endoplazmatik to’r va yaxshi rivojlangan Golji kompleksini ko’ramiz. Yosh tog’ay hujaylarida mitoxondriylarning soni odatda ko’p bo’ladi, boshqa organoidlarning shakli ham aniq ko’rinadi. Hujayralar qarib borgani sari mitoxondriylarning soni kamayib, organoidlarning shakli ko’rinmaydigan bo’Iib boradi. Hujayralarda sodir bo’ladigan bunday jarayon regressiv o’zgarish deyiladi. Buning oqibatida hujayraning fiziologik vazifasi ham ancha pasayadi. Tog’ay hujayralarining ximiyaviy tuzilishini tadqiq qilish uning tarkibida glikogenlar, lipidlar, fermentlar ya’ni ishqoriy fostafaza, lipaza va oksidaza fermentlari borligini ko’rsatadi.
Xondrosit tog’ay to’qimasining asosiy qismini tashkil e’tadi. Odatda, yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo’lib, tashqi yuzasi notekis, hujayra yuzasida mikrovorsinalarga o’xshash o’simtalar bor. Har tog’ay hujayrasi yoki bir necha hujayradan tashkil topgan bir guruh hujayralar to’qjmaning oraliq moddasida hosil bo’lgan bo’shliqlarda joylashadi. Tog’ay hujayralarining bitta bo’shliqda hosil qilgan guruhi izogen guruh deyiladi. Odatda, bunday bitta hujayraning ko’payishi natijasida hosil bo’ladi. Har bir tog’ay hujayrasida bittadan, ayrimlarida ikkitadan yadro bo’ lib, bu yadrolar ichida bo’yoqlarga yaxshi bo’yaladigan bitta yoki ikkita yadrocha bo’ladi.
Slayd 8
Xondrolast
Xondroblast kam tabaqalangan yosh hujayra bo’lib, shakli yassi, o’rtasida bitta yadrosi bor. Tog’ayaing ustki pardasiga yaqin joylarda ko’p uchraydi. Xondroblast doim ko’payib turish xususiyatiga e’ga. Ko’payishi natijasida yangi tog’ay hujayralari – xondrositlar hosil bo’ladi. Natijada tog’ay periferik qismiga qarab o’sadi. Tog’ayning bunday o’sishiga periferik (oppozicion) o’sish deyiladi. Xondroblastlarning ikkinchi xususiyati hujayralararo modda – kollagen hosil bo’lishida aktiv ishtirok etishidir. Kollagen hujayrali modda bo’lib, uning tarkibida tropokollagen, elastin va tog’ayning asosiy moddasi uchraydi. Xondroblast citoplazmasida PNK ko’p, hujayra organoidlari ham yaxshi rivojlangan.
Slayd 9
Tog’ay to’qimasining hujayralararo moddasi.
Tog’ay to’qimasining hujayralararo moddasi kollagen (xondrin) va kamroq elastik tolalardan hamda asosiy amorf moddadan tashkil topgan, Xondrin tolachalari ximiyaviy to’qima tarkibida uchraydigan kollagen tolachalarga o’xshaydi. Mikroskopda oddiy nur yordamida ko’rinmaydi, uni ko’rish uchun tripsin, bariyli suv bilan impregnasiya qilish kerak. Shunda tolachalarning to’rsimon shaklda joylashgani yaxshi ko’rinadi.
Slayd 10
Tog’ay to’qimasining asosiy amorf moddasi protein va uglevoddan tashkil topgan, ular bir-biri bilan mustahkam birikishi natijasida tog’ayning asosiy moddasi – xondromukoid birikmasi hosil bo’ladi, ya’ni bunda xondroitin sulfat kislota oqsil bilah birikadi. Gistologik preparatlarda xondroitin sulfat kislota asosiy bo’yoqlarga bafozil, ya’ni to’q bo’yaladi. Kollagen tolachalar oksifil, ya’ni ancha och bo’yaladi.
Tog’ay to’qimasi tarkibida tolachalar va xondromukoid modda notekis joylashgan uchun bo’yalishi ham turlicha bo’ladi. Tog’ay hujayralari va izogen guruhlarining atrofida xondromukoid ko’p bo’lib, to’qimanmg boshqa joylariga nisbatan bo’yoqlarga bazofil ya’ni to’q bo’yaladi. Xondromukoid moddalarning to’qimada notekis joylashishi yoshi o’tgan organizmda ro’y-rost ko’zga tashlanib turadi. Bunday jarayon natijasida to’qima pishiqligini yo’qotadi. Keyinchalik uning ichki qismlarida, ya’ni oziq modda yetib borishi qiyin joylarda kalsiy tuzlari yig’ilib, to’qimani yanada mo’rt, sinuvchan qilib qo’yadi. Bu to’qima elastikligini yo’qotdi, degan so’zdir.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, tog’ay to’qimalari tarkibiy tuzilishi bilan ajralib turadi. Xuddi shuning uchun ham tog’ay to’qimasi gialin tog’ay to’qima, e’lastik tog’ay to’qima, tolali tog’ay to’qimalarga bo’linadi. Ularning uchalasi ham mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishiga ko’ra bir tipdagi hujayralardir. Biroq hujayralararo moddalari bir-biridan farq qiluvchi o’ziga xos xossalarga ega. Ularning ana shu xususiyati tog’aylari bo’lib o’rganishni taqazo e’tadi.
Slayd 11
Tog’ay ustki pardasi (perihondriy)
Tog’ay ustki pardasi zich biriktiruvchi to’qimadan tarkib topgan bo’lib, organizmdagi tog’aylar ustini qoplab turadi. Uning tarkibiy qismi asosan kollagen va elastik tolachalardan va ular orasida joylashgan duksimon shakldagi fibroblastlarga o’xshagan hujayralardan iborat. Mikroskopik tuzilishi yaqqol chegaraga ega emas, ikki qavatdan tashkil topgan: 1) tashqi (qattiq) atrofidagi to’qimalarga bevosita tutashib ketgan qavat, 2) ichki (yumshoqroq) qavati. Bevosita tog’ay to’qima ustiga yopishib turadi, unga xondrogen qavat deyiladi. Mana shu xondrogen hujayralari ko’payib tog’ay to’qimani o’stiradi. Tog’aydagi regenerasiya jarayoni ham shu vaqtda sodir bo’ladi. Xondroblast bo’linishi natijasida xondrositlar hosil bo’ladi. Kollagen va elastik tolachalar hech qanday chegara hosil qilmasdan to’qimaning hujayralararo moddasiga qo’shilib ketadi. Perixodriyda qon tomirlari bilan nerv tolalari ko’plab uchraydi.
Slayd 12
Perihondriy
Slayd 13
Tog’ay rivojlanishi va regenerasiyasi.
Tog’ay to’qimasining rivojlanishi o’rganilar ekan ikki narsaga; to’qimalarning embrional va postembrional davrdagi rivojlanishiga va hujayralararo moddalar bilan amorf moddalarning hosil bo’lishi jarayoniga ahamiyat berish kerak. Tog’ay to’qimaning rivojlanishida ikkala jarayon deyarli baravar kechadi
Slayd 14
Tog’ay organizmning embrional rivojlanishi davrida mezenxima hujayralaridan kelib chiqadi. Organizmning bunday tog’ay hosil bo’ladigan qismlarida mezenxima hujayralari asta-sekin o’zgara boshlaydi. Dastlab hujayratar shaklini o’zgartiradi, o’simtalar yo’qoladi, so’ng ko’payadi. Hosil bolgan hujayralar asta-sekin ovalsimon yoki yurnaloq shaklga aylanadi, bir-biriga yaqinlashadi, ularning sitoplazmasida ham bir yo’la o’zgarish bo’ladi. Mezenxima to’qimaning shunday qismlariga skletogen pushtlar yoki skletogen to’qima deyiladi. Mezenxima hujayralardan asta-sekin xondroblast hujayralari tabaqalanadi. Keyingi bosqichlarda markazda joylashgan hujayralar tog’ay hujayralari shakliga kiradi va ular tabaqalanishi natijasida xondrositiar hosil bo’ladi. Ularning oralarida kollagen tashkil topgan moddadlari to’plana boshlaydi. Natijada boshlang’ich perixondrial tog’ay to’qimasi paydo bo’ladi. Keyinchalik yosh xondrositiar hujayralararo modda kompleksini tashkil etuvchi fibrillyar oqsil, glikozaminoglikan, protoglikogen moddalarni sintezlay boshlaydi. Hujayralararo oraliq moddanlrning yosh tog’ay hujayrasi sitopiazmasiga tegib turadigan yaltiroq qavat ya’ni tog’ay hujayrasining kapsulasi hosil bo’ladi, hosil bo’lgan tog’ay periferik qismida esa, ya’ni mezenxima bilan chegara joyida, nihoyat ikki qavatdan iborat tog»ay uctki pardasi bo’ladi tog’ay ustki pairdasining ichki kombial qavatida joylashgan xondrogen, ya’ni xondroblast hujayralari ko’payib, hosil bo’lgan tog’ay to’qimasi ustki qavatida yig’ila boshlaydi. Natijada tog’ay to’qimasida periferik o’sish jarayoni sodir bo’ladi.
Slayd 15
Ayrim vaqtlarda o’z vazifasini o’tab bo’lgan hujayralar o’rniga suyak to’qimasi hosil boladi. Tog’ay to’qimasining suyak to’qimasiga aylanishi jarayonida ko’p yadroli ostioklast (xondroklast – suyak maydalovchi) hujayralar aktiv ishtirok e’tadi. Bu hujayralar o’zidan hujayralararo moddani eritib yuboradigan va suyak to’qimasi hosil bolishini ta’minlaydigan fermentlar ishlab chiqaradi.
Tog’ay to’qimasming regenerasiyasi jarayonida tog’ay ustki pardasining kombinal hujayralari bilain to’qima ichidagi yosh xondrositlar aktiv ishtirok etadi.
Tog’ay to’qimasining ichki qismiarida joylashgan yosh xondrosit mitoz va amitoz yo’l bilan ko’payib, tog’ayning ichida interstisial o’sish jarayoni kechadi, bu o’z navbatida, to’g’ayning ichki massasini ko’paytiradi.
Odatda, interstisial o’sish, organizmning aktiv shakllanishi davrida va tog’aylarda kechadigan regenerasiya jarayonlarida sodir bo’ladi. Tog’ay rivojlanishining so’nggi davrlarida to’qima o’rtasida, ya’ni orasida joylashgan hujayralarda qon tomirlar uzoqlashgan sari moddalar almashinuvi jarayoni susaya boradi. Bu davrda hujayralar diffuziya yo’li bilan to’qimaga tarqalayotgan oziq moddalar bilan oziqlanib turadi. Natijada bu hujayralarda ko’payish xususiyati asta-sekin so’nib ular distrofiyaga uchraydi.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BIOSFERA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSH XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
YURAK–QON TOMIRLARI TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMURTQALILAR NAFAS OLISH TIZIMINING SOLISHTIRMA ANATOMIYASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BARGNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TIRIKLIKNING TUZILISH DARAJALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Qushlarning tashqi va ichki tuzilishi hamda xilma-xilligi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Hayvonot dunyosi muhofazasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Qushlarning umumiy tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TIBBIY GELMINTOLOGIYA. YUMALOQ CHUVALCHANGLAR – ODAM PARAZITLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
IRSIYAT QONUNLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.