Dislaliya va uni tezatish texnologiyalari

8000 so'm


Dislaliya va uni tezatish texnologiyalari

 

 

Slayd 1

Dislaliya va uni tezatish texnologiyalari

Slayd 2

Tovush haqida tushuncha
Tabiiy ko’zga ko’rinmas holatlarni biz his qilishga harakat qilamiz. Tovush ham ko’rinmas bo’lib, eshitish, tushunish ya’ni anglash va his qilish orqali hayotimizda mavjud.
Har bir tovushning alohida o’z ma’yori mavjud bo’lib, ma’yoriga yetkazmasdan talaffuz qilingan har qanday noto’g’ri tovushni tinglovchi aniq payqaydi. Tovushlarning noto’g’ri talaffuzi natijasida gap mazmuni o’zgarib ketadi, so’zlovchining maqsadini tinglovchi tushunmasligi mumkin. Tovushlarning me’yoridagi talaffuzi hayotimizda muhim o’rin egallaydi.

Slayd 3

Har qanday bola birinchi so’zini noaniq, ba’zi tovushlar o’rniga boshqasini qo’llab ilk bora atrofdagilarga murojaat qiladi. Kundan-kunga to’g’ri nutqni o’zlashtirgan bola me’yorda 4,5-5 yoshga yetganda nutqi to’liq rivojlangan hisoblanadi. Ushbu yoshgacha bo’lgan boladagi noto’g’ri talaffuzni faqat taqlid orqali rivojlantirish zarur. Chunki, 2,5-3-4 yoshli boladagi noto’g’ri talaffuzning asosiy sababi anatomik o’sib rivojlanmaganlik sabab bo’lishi mumkin. Ya’ni til muskullarinig shakllanmaganligi, jag’ tishlarinig o’smaganligi, lablarni kerakli holatga keltira olmaslik vaqtinchalik sabab bo’lib, bola o’z rivojlanishi jarayonida me’yorga kelishi uchun taqlid usulidan foydalanish kifoya.

Slayd 4

Dislaliya
Dislaliya nutq apparat inertsiyasi saqlangan va eshitishi normada bo’lganda tovushlar talaffuzidagi kamchilikdir.
Nutqda tovushlarning yo’qligi, tovushlarni bir-biridan farqlay olmaslik yoki boshqa tovushlar bilan almashinishi kuzatiladi.
Dislaliya, nutq buzilishlari ichida eng ko’p tarqalgan tashxisdir.

Slayd 5

Kelib chiqish sababiga ko’ra
Mexanik
Prognatiya-yuqori jag’ning oldiga siljiganligi;
Progeniya-pastki jag’ning oldga siljiganligi;
Old ochiq va yon ochiq prikuslar;
Til yuganchasining kaltaligi;
Yuqori lab yuganchasining kaltaligi;
Tishlar qatorining notekis joylashganligi
Funksional
Erkalanib gapirish;
Ikkitillilik;
Toto’g’ri talaffuzga taqlid qilish;

Slayd 6

Dislaliya turlari
Rotatizm – «R» tovushining nutqda yo’qligi;
Pararotatizm – «R» tovushining boshqa tovushlar bilan almashtirilishi;
Lambdatizm – «L» tovushining nutqda yo’qligi;
Paralambdatizm – «L» tovushining boshqatovushlar bilan almashtirilishi;
Yotatizm – «Y» tovushining nutqda yo’qligi;
Parayotatizm – «Y» tovushining boshqa tovushlar bilan almashtirilishi;
Xitizm – «X»tovushining nutqda yo’qligi;
Paraxitizm – «X» tovushimning boshqa tovushlar bilan almashtirilishi;

Slayd 7

Kappatizm- «K», «Q» tovushining nutqda yo’qligi;
Parakappatizm- «K» ,»Q» tovushining boshqa tovushlar bilan almashtirilishi;
Gammatizm– «G», «G’» tovushlarning nutqda yo’qligi;
Paragammatizm – «G»,»G’» tovushining boshqa tovushlar bilan almashtirilishi;
Sigmatizm – sirg’aluvchilar (s,z), shovqinli (sh,j,ch) tovushlar kamchiliklari;
Parasigmatizm- ushbu tovushlarning boshqa tovushlar bilan almashtirilishi;

Slayd 8

Me’yoriy talaffuzga o’rgatish bosqichlari:
Yakka tartibda olib borish;
Bolabilan iliq munosabat;
Bolani toliqtirmaslik;
Nutq apparati kamchiliklarini aniqlash;
Bolaning lug’at boyligini tekshirish;
Shaxsiy daftar tutib, har bir boladagi kamchiliklarni aniqlab yozib borish;
Bajariladigan ishni rejalashtirib borish;

Slayd 9

Har bir bolaning tovush kamchiliklarini inobatga olgan holda, ularga artikulyatsion mashqlarini tanlab olish;
Nutqda me’yor hosil qilish usullari ustida ishlash;
Hosil bo’lgan tovushni mustahkamlash, davomli va aniq talaffuzga erishish;
Tovushni bo’g’inlarda, so’zlarda va gaplarda mustahkamlash;
Deffersatsiyalash;
To’g’ri talaffuzni nutqda faollashtirish bosqichlaridan iborat;
Me’yoriy talaffuzga o’rgatish bosqichlari:

Slayd 10

«R» tovushi me’yoriy talaffuzi
Lablar jilmaygan holatda;
Yuqori va pastki old tishlar orasida bir barmoq oraliqda ochiq bo’ladi;
Til «qoshiq» cheti shakliga keladi, tilning yon tomonlari yuqorigi jag’ tishlariga taqalgan. Old qismi tanglay va old tishlar tomon ko’tarilgan holda;
Yumshoq tanglay ko’tarilgan va burun yo’lini berkitgan, ovoz unpaychalari jipslashgan hamda tebranadi. O’pkadan chiqayotgan havo oqimi bosimida til ham tebranadi. «R» tovushining me’yoriy talaffuzi hosil bo’ladi

Slayd 11

«S» tovushining me’yoriy talaffuzi
Lablar jilmaygan holda;
Yuqori va pastki tishlar yaqin joylshgan, bir-biriga tegmaydi, 1mm oraliqda ochiq;
Til uchi pastki old tishga va milkka taqalgan, tilning yon qismi oz ko’tarilgan, tepa jag’ tishlarga tegib turadi;
Til o’rtasida ariqcha hosil bo’ladi, o’pkadan chiqayotgan havo oqimi hosil bo’lgan «ariqchadan» o’tib tish orasidan siqilib chiqishi natijasida «S» tovushi hosil bo’ladi. «S» tovushi ishtirokida ovoz unpaychalari ishtirok etmaydi.

Slayd 12

«Sh» tovushining ma’yoriy talaffuzi
Lablar ochiq cho’chchaygan;
Tishlar 1-2mm ochiq atrofida;
Tilni og’iz ichida tasavvur qilinganda «piyolacha» ga o’xshaydi, ya’ni tilning yon taraflari yuqorijag’ tishlariga taqalib turadi;
Tilning old tomoniyarim oy shaklida, tanglay tomon ko’tarilgan oraliq qoldiradi;
Yumshoq tanglay ko’tarilgan va burunga o’tadigan havo oqimini to’sib qo’ygan;
Ovoz unpaychalari bo’shashgan va o’pkadan chiqayotgan havoni og’iz bo’shlig’iga o’tkazadi;
O’pkadan chiqayotgan havo oqimi tilni old cheti va tanglay o’rtasidagi oraliq to’siqqa duch keladi. Shu holatda shovqinli «Sh» tovushining ma’yoriy holati hosil bo’ladi.

Slayd 13

Yuqori va pastki jag’ tishlar bir-biridan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashgan;
Til uchi, yuqori old tishlar tomon ko’tarilgan va tish bilan milk o’rtasiga taqalgan;
Tilning yon taraflari jag’ tishlariga tegib turadi. Natijada chiqayotgan havo oqimi uchun yon tomonidan oraliq qoladi;
Yumshoq tanglay ko’tarilgan, birin yo’lini to’sgan, ovoz unpaychalari jipslashgan va tebranadi;
O’pkadan chiqayotgan havo oqimi tepa tishlarga tegib turgantilninh yon tomonlaridan chiqadi va til pastga tusha boshlaydi va «L» tovushining ma’yoriy talaffuzi hosil bo’ladi.
«L» tovushining me’yoriy talaffuzi

Slayd 14

«K» tovushining me’yoriy talaffuzi
Yuqori va pastki old tishlar o’rtasida muayyan oraliq masofa saqlanadi;
Til uchi og’iz ichida tushirilgan va ichkariga tortilgan, til tanasininig orqa qismi tanglay tomon ko’tariladi;
O’pkadan chiqayotgan havo til tanglayiga tegib turgan joydan bosim ostida portlab o’ziga xos shovqin bilan otilib chiqadi;
Yumshoq tanglay yuqoriga ko’tarilgan, burun yo’li berkitilgan, ovoz unpaychalari bo’shahshgan holatda «K» tovushi me’yoriy talaffuzi hosil bo’ladi.

Slayd 15

«G» tovushining me’yoriy talaffuzi
Yuqori va pastki old tishlar o’rtasida muayyan oraliq masofa saqlanadi;
Til uchi og’iz ichida tushirilgan va ichkariga tortilgan, til tanasininig orqa qismi tanglay tomon ko’tariladi;
Yumshoq tanglay yuqoriga ko’tarilgan, burun yo’li berkitilgan, ovoz unpaychalari bo’shahshgan va tebranadi, «G» tovushi me’yoriy talaffuzi hosil bo’ladi.

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Dislaliya va uni tezatish texnologiyalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar