Bolalar nutqini o’stirishda ota-onalar bilan hamkorlik

8000 so'm


Bolalar nutqini o'stirishda ota-onalar bilan hamkorlik

 

 

Slayd 1

Bolalar nutqini o’stirishda ota-onalar bilan hamkorlik ishlari

Slayd 2

Reja:
Kirish
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ishlari mazmuni
Ota-onalar bilan hamkorlikdagi vazifalar
Mtt va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarining bolalarni maktabga tayyorlashdagi ahamiyati
Xulosa

Slayd 3

Dars o’quv maqsadi: Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda Maktabgacha ta’lim muassasasining ota- onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni, shakl va usullarini ahamiyatini turli hil pedagogik texnologiyalar asosida o’rganib tahlil qilish Tayanch so’zlar va iboralar: bola tarbiyasi, oilani mustaxkamlash, onalik va bolalikni ximoya qilish

Slayd 4

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi: – bola tarbiyasi, oilani mustaxkamlash, onalik va bolalikni ximoya qilish bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish; – ota-onalarga o’z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish; – ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo’lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruxiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish); – bola tarbiyasida oila bilan xamjixatlik, bolani to’g’ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o’rganish va ommalashtirish.

Slayd 5

Bola bog’chada egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa bolalar bog’chasida qo’llansa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko’ribgina qolmay, balki uni qo’llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida xalixal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim.
Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga raxbarlik qilishda mudira javobgar shaxs xisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo’yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muxokama qilinadi. Rejada umumiy va guruxiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suxbat va maslaxatlar, otaliq tashkilotlarida ko’rgazmalar tashkil etishva kontsertlar qo’yib berish, shuningdek bu tadbirlarni o’tkazish vaqtlari va unga ma’sul bo’lgan shaxslar belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi.

Slayd 6

Ota-onalar bilan ishlash bo’yicha juda ko’p ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o’zgarishlarni xammadan ko’proq ko’radi va bolalar xayoti bilan yaqindan tanish bo’ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko’proq e’tibor Berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog’lig’ini saqlash, ovqati va kun tartibini to’g’ri tashkil etish va boshqalar soxasida tavsiyalar berib boradi.
Bolalar bog’chasi va oila o’rtasida xamkorlik o’rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi aloxida ish shakllaridan foydalaniladi: suxbatlar, maslaxatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni bog’chaga taklif etish, aloxida esdaliklar va ko’chma papkalardan foydalanish.
Bolaning uyiga borishdan ko’zlangan maqsad- oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarni o’rganib, ommalashtirishdir.

Slayd 7

Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do’st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo’lishi kerak. Tarbiyachi xar bir oilaga xar gall borishidan avval o’z oldiga aniq maqsadqo’yishi, qaysi mavzuda suxbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o’ylangan bo’lishi kerak.
Suxbat shunday to’zilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o’rtasida ishonchli aloqa o’rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to’g’risida (ota-onalarning fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to’g’risida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar xurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to’g’risida fikr, muloxazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi xayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o’qib va xikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mexnatida qatnashtirish, kattalarga xurmat ruxida tarbiyalash kabi ta’lim – tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo’yicha tavsiyalar beradi.

Slayd 8

Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaningyoshi, imkoniyatlari, o’ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslaxatlari ishonarli bo’lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini ko’radilar va bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch xosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va xisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi xar bir bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak.

Slayd 9

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo’lib, unda ayrim masalalar birgalikda muxokama qilinishi taqozo etadi. Masalan:
Bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to’g’risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash xaqida;
Maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to’g’risida;
Ota-onalar jamoatchiligining ishi xaqidagi masalalar shular jumlasidandir
Bumasalalarni jamoa bo’lib muxokama qilish uchun ota-onalarning guruxi va umumiy majlislari, maslaxatlar, konferentsiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.
Ota-onalar majlisi. Ota-onalar majlisiga bog’chadagi xamma gurux bolalarining ota-onalari, parallel guruxlar ota-onalari va bitta gurux bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo’mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg’or tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi ma’ro’za qiladi, ota-onalar so’zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustaxkamlaydi, ota-onalarning o’z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda bog’chaga qiziqish uyg’onadi.
Guruxdagi ota-onalar majlisida mazkur shdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb bo’lgan masalalar muxokama qilinadi.

Slayd 10

Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo’lsa, o’rta guruxda o’tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mexnatsevarlikni tarbiyalashda bog’cha va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga xurmatni tarbiyalash» va xakazo bo’lishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ro’zani bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko’rish bilan qo’shib olib borish mumkin. Bolalar xayoti, faoliyati to’g’risidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko’proq bo’lishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda extiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari ko’rsatilmasligi lozim. Tanqidiy muloxazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suxbat orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida o’tkaziladigan gurux majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari, xaqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar xam xisob beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi.

Slayd 11

Ota-onalar burchagi va ko’rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o’zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlarni targ’ib qilish bo’yicha tashkil etiladigan ko’rgazmalar ko’pincha ota-onalar konferentsiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’lim to’g’risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o’sishini ko’rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim – tarbiya jarayonlari, bolalar xayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o’yinchoqlar, bolalarning ishlari o’rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko’rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga aloxida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to’g’risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko’pincha ota-onalarni qiziqtiradigan baxslar boshlanishiga sababchi bo’ladi.
Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi xam maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muxim o’rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg’ulotlari, mexnat, o’yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o’larining qanday tutushlari va shunga o’xshashlar ko’satiladi.

Slayd 12

Ota-onalar qo’mitasi. Ota-onalar qo’mitasi «Maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun to’ziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo’mitaga xar bir yosh gurux ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qo’mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lii muassasasining xo’jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo’mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o’tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko’maklashishdir.
Ota-onalar qo’mitasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo’yicha ular bilan ish olib boradi. Qo’mita a’zolari xar ikki oyda bir marta yig’ilish o’tkazadi. Ota-onalar qo’mitasi mudiraning ish rejalari va ishning axvoli to’g’risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar xaqidagi ma’ro’za va xisobotni eshitishga xaqlidir.
Ota-onalar qo’mitasining faoliyati xaqidagi xujjatlar maktabgacha ta’lim muassasasida saqlanadi.

Slayd 13

Axoli o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib qilish. Pedagogik bilimlarni targ’ib etish natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalash printsiplarini ongli ravishda anglab oldilar.
Korxonalarda, xo’jaliklarda, jamoa joylarida, maxallalarda oilada bola tarbiyasi to’g’risida ma’ro’zalar bilan chiqish, televideniya va radio eshittirishlar, pedagogik targ’ibot ishining keng vositalaridandir. Shuningdek, bu targ’ibot vaqtli matbuot: «Maktabgacha ta’lim», «Halq ta’limi», «Pedagogik ta’lim», jurnallari, ko’p sonli badiiy pedagogik, ilmiy ommabop va metodik adabiyotlarni chiqarish orqali xam amalga oshiriladi.
Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruxshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to’g’risida ma’ro’zalar o’qish, bolalar tarbiyasi to’g’risida kinofilm va spektakllar namoyish qilish.
Bu mashg’ulotlarni xar xil soxalar bo’yicha yuqori malakali o’qituvchi, aktyor, ruxshunos mutaxassislar olib boradilar.

Slayd 14

Pedagogik targ’ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak:
Pedagogik targ’ib xayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog’lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ’ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni xar tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo’llari, ilmiy asoslangan usullari bo’yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yo’l qo’yilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yo’llari to’g’risida targ’ibot ishlarini olib boriladi.
Pedagogik targ’ibotga tayyorlashda ota-onalar xar xil saviyada ekanliklari xisobga olib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko’rgazmali va ularning xis tuyg’usiga ta’sir ko’rsatadigan bo’lishi kerak.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar bilan xamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o’rtasidagi birlik o’rnatilishi mumkin.

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Bolalar nutqini o’stirishda ota-onalar bilan hamkorlik” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar