=== Taqdimot 1 ===
SEZGI ORGANLARI ANALIZATORLAR
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
02
03
Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati.
Ko‘rish analizatorining yosh xususiyatlari.
Eshitish analizatori, eshitish gigiyenasi, muvozanat apparati.
=== Taqdimot 3 ===
Analizatorlarning fiziologiyasi va gigiyenasi
Odam organizmi tashqi muhit bilan uzviy bog‘langan, bu bog‘lanish sezgi organlari orqali amalga oshadi, ya‘ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta‘sir etadi va ular bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.
=== Taqdimot 4 ===
Sezgi organlariga ko‘rish, eshitish, teri, hid bilish, ta‘m bilish analizatorlari kiradi.
I. P. Pavlov sezgi organlari markazini analizatorlar deb atagan. Analizatorlar bosh miya po‘stloq qismida joylashgan.
Analizatorlarning fiziologiyasi va gigiyenasi
=== Taqdimot 5 ===
Analizator tuzilishi:
Har bir analizator 3 qismdan iborat
=== Taqdimot 6 ===
Retseptorlar
Introretseptorlar
Ekstroretseptorlar
Introretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan bo‘lib, ular organizmning o‘zida hosil bo‘ladigan ta‘sirni qabul qiladi
Ekstroretseptorlarga: teri, ko‘z, quloq, hid bilish, ta‘m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular turli xildagi tashqi ta‘sirlarni qabul qiladi.
Properioretseptorlar
Muskullar, paylar va bo‘g‘imlarda joylashgan retseptorlardir.
=== Taqdimot 7 ===
Ko‘rish analizatorining tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari
=== Taqdimot 8 ===
Ko‘rish analizatorining tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari
Ko‘rish organi ko‘z bo‘lib, insoniyat ko‘zi orqali dunyodagi barcha narsalarning rang-barangligini uning o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish bilan birga o‘qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o‘rganadi. Ko‘zning bevosita ta‘sirlovchisi yorug‘lik bo‘lib, yorug‘lik ko‘z retseptorlariga ta‘sir etib ko‘ruv sezgisini hosil qiladi. Ko‘ruv organi bolaning 11-12 yoshigacha rivojlanib boradi.
=== Taqdimot 9 ===
Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z bosh suyagining ko‘z kosachasida joylashgan bo‘lib, ko‘z soqqasi va uni o‘rab turgan apparatdan ya‘ni ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi muskullar, qovoq kipriklar, ko‘z yoshi bezlari, qon tomirlari kabilardan iborat. Ko‘z soqqasi sharga o‘xshash bo‘lib, oldingi va orqa qutblarga bo‘linadi. Ko‘z soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavatdan ya‘ni tashqi – oqsil parda (sklera), o‘rta-tomirli parda va ichki – to‘r pardadan iborat.
=== Taqdimot 10 ===
Ichki qismiga ko‘z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Ko‘z soqqasi hajmi chaqaloqlarda 16 mm, kattalarda esa 24 chamasida bo‘ladi. Ko‘z soqqasining o‘sishi va rivojlanishi 5 yoshgacha tez ya’ni intensiv kechadi. 9-12 yoshda sustlasha boshlaydi. Sklera yoki oqsil pardaning qalinligi 1 mm chamasida bo‘lib rangi oq bir qismi qovoqlar ostidan ko‘rinib turadi.
=== Taqdimot 11 ===
Skleraning orqa qismida teshikcha bo‘lib undan nerv o‘tadi. Skleraning 1/5 qismi shox pardaga 4/5 qismi orqa oqsil pardaga to‘g‘ri keladi. Shox pardada qon tomirlar bo‘lmaydi. Tashqi pardaning ichki qismida tomirli parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigment ko‘p, pigment miqdori har xil bo‘ladi. Tomirli parda oldingi rangdor, o‘rta kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismga bo‘linadi. Tomirli parda qon tomirlarga boy bo‘lib, ko‘z to‘qimalarini oziq moddalar va kislorod bilan ta‘minlaydi. Bu qavatning oldingi qismi rangli parda deb atalib hammada har xil (qora, ko‘k, sarg‘imtir va hokazo) bo‘ladi. Bu pardaning o‘rtasida yumaloq teshikcha bo‘lib u ko‘z qorachig‘idir.
=== Taqdimot 12 ===
Rangdor pardada radial va halqa shaklidagi sillik muskullar joylashgan bo‘lib, halqa muskullari qisqarganda ko‘z qorachig‘i torayadi, radial muskullar qisqarganda ko‘z qorachig‘i kengayadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq ikki tomoni qavariq linza-gavhar joylashgan. Gavhar yarim suyuq modda bo‘lib, yupqa tiniq kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari bo‘lmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning o‘rtasida kichkina bo‘shliq bo‘lib, bunga ko‘zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning o‘rtasida ham bo‘shliq bo‘lib bunga ko‘zning orqadagi kamerasi deb ataladi. Har bir ko‘ruv nervida 1 mln. ga yaqin nerv tolalari bor.
=== Taqdimot 13 ===
Ko‘z soqqasining ichki ya‘ni to‘rsimon pardasi ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning orqa qismida yorug‘likni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib, tayoqcha va kalbasa shaklidadir.
=== Taqdimot 14 ===
Ko‘z soqqasining to‘rsimon pardasida 130 mln ga yaqin tayoqchasimon retseptorlar bo‘lib, ular yorug‘lik kamayganda yoki tun vaqtida qo‘zg‘aladi. Kolbasasimon retseptorlar to‘r pardada 7 mln ga yaqin bo‘lib, yorug‘lik yetarli bo‘lganda qo‘zg‘alib, ko‘zning kunduzi ko‘rish qobiliyatini ta‘minlaydi. Kolbasasimon retseptorlar funksiyasiga ko‘ra uch xil: ko‘k, yashil va qizil ranglarni qabul qiluvchi bo‘ladi. Uchalasining baravar qo‘zg‘alishi esa oq rangni ko‘rishga imkon beradi chunki to‘r pardaning kolbasasimon retseptorlarida ranglarni sezuvchi retseptorlar yoki nervlar bo‘ladi. Tayoqchasimon retseptorlarda esa bu kabi ranglarni sezuvchi retseptor yoki nervlar bo‘lmaydi, shuning uchun kechasi qorong‘i bo‘lib ko‘rinadi.
=== Taqdimot 15 ===
Koʻz vazifasi
Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ikki qismga: ko‘zning optik tizimi va retseptor qismiga bo‘linadi. Ko‘zning optik tizimiga, uning shox pardasi, ko‘z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko‘zga tushadigan yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazadi va uni ko‘zni ichki to‘r pardasida joylashgan retseptorlarga to‘plab beradi.
=== Taqdimot 16 ===
Koʻz vazifasi
Nur sindirish dioptriya bilan o‘lchanadi. Bir dioptriya deganda fokus oralig‘i 1 m bo‘lgan linzaning nur sindirish kuchi tushuniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oralig‘i qisqaradi.
Fokus oralig‘i 50 sm. bo‘lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) teng bo‘ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43D, gavharing nur sindirish kuchi kamroq bo‘lib, o‘zgarib turadi. Ko‘zning butun optik tizimini nur sindirish kuchi uzoqqa qaraganda 58D yaqin masofada esa — 70D. Shox parda, gavhar orqali sariq dog‘ markaziga o‘tgan chiziqqa ko‘ruv o‘qi deb ataladi. Narsalarning tasviri to‘r pardaga kichkina va teskari bo‘lib tushadi. Narsa ko‘zdan qancha narida tursa, to‘r pardadagi tasviri shuncha kichik bo‘ladi va aksincha narsa ko‘zga qancha yaqinroq tursa to‘r pardadagi tasvir o‘shancha katta bo‘ladi. Narsalarning tabiiy ravishda ko‘rilishi hayot tajribasiga bog‘liq.
=== Taqdimot 17 ===
Koʻz akkomodatsiyasi
Akkomodatsiya ko‘zning moslanishi bo‘lib ya‘ni ko‘zning uzoqni va yaqinni ko‘rishini ta‘minlaydi. Ko‘z akkomodatsiyasi ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi nervini parasimpatik tolalari bilan ta‘minlangan kipriksimon muskullarni reflektor qisqarishi natijasida gavharni elastikligi o‘zgarishi bilan vujudga keladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavhar qavariqliroq bo‘ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo‘ladi.
Ko‘rish o‘tkirligi. Ikkita buyum bir-biriga qo‘shilib ketmasdan ular oralig‘idagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko‘rish o‘tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlaniladi.
=== Taqdimot 18 ===
Ko‘zning ko‘rish maydoni.
Ko‘zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini ko‘ra olish xususiyati ko‘rish maydoni deb ataladi.Bolalarning ko‘zi katta odamning ko‘z tuzilishidan farq qiladi. Bolalarda ko‘z kosa chuqurligi va ko‘z soqqasi tanasiga nisbatan kattalarga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Sklera va tomirli pardalar yupqaroq shox parda esa qalinroq bo‘ladi. Ko‘z soqqasi bola hayotining birinchi yilida bir muncha tez o‘sadi, so‘ngra o‘sishi sekinlashib boradi.
=== Taqdimot 19 ===
Yangi tug‘ilgan bola ko‘zi qisqa vaqtda ochiladi. Qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 oyligidan esa ko‘z soqqasi turli predmetlarga va yorug‘likka nisbatan harakatlanadi. 2 oylikdan boshlab yaltiroq narsalarga qaray boshlaydi. Ko‘zning koordinat siyalashgan harakati mashq qilish tufayli bolaning 6 oyligidan yoki 1 yoshidan boshlanadi. Ko‘rish analizatorining avval periferik so‘ng markaziy qismi taraqqiy etadi. Yangi tug‘ilgan bolaning ko‘ruv nervi tolalari kam differensiyalashgan bo‘ladi. Ko‘ruv nervining metinlashuvi bolaning 1,5 yoshigacha davom etadi. Yangi tug‘ilgan bola ko‘zining nur sindirish xossasi katta odam ko‘zining nur sindirish xossasidan farq qiladi. Yangi tug‘ilgan bola yaqinni ko‘ra olmaslik hususiyatiga ega bo‘ladi. Ko‘pincha bola va maktab yoshidagi bolalarda gavhar yassiroq shaklda bo‘lgani uchun, uzoqni yaxshi ko‘raolmaslik hususiyati uchrab turadi.
=== Taqdimot 20 ===
Odamning yoshi ortishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi. Yosh ortishi bilan akkomodatsiya chegarasi kamayib boradi. Masalan: 9-11 yoshda 14D. 12-14 yoshda 12, 9D, 15-17 yoshda – 12D, 18-20 yoshda – 12D, 21-22 yoshda — 11,5D bo‘ladi.
Narsalarning qog‘ozdagi tasvirini anglash, bolaning 3-4 oyida vujudga keladi. Bolalarda ranglarni sezish asta-sekin taraqqiy etadi. Avval sariq rangga nisbatan sezish shakllanadi. Yashil, ko‘k ranglarning sezish chegarasi 12-13 yoshgacha davom etadi. Bog‘cha bolalari narsaning avval shakliga, so‘ng o‘lchamiga oxiri rangiga ahamiyat beradi. Rang ajratish qobiliyati 25 yoshgacha ortib boradi. Qiz bolalarda rang ajratish qobiliyati o‘g‘il bolalarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ko‘rish o‘tkirligi bolalarda kattalarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Kitob bilan ko‘z orasi 30-35 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
=== Taqdimot 21 ===
01
03
Ko‘rish analizatorining gigiyenasi
02
04
Tabiiy va sun’iy yoritilish me’yorlariga rioya qilish
Televizor va kompyuter oldida o‘tirish me’yorlariga rioya qilish.
Sinf jihozlari bolaning bo‘yiga mos bo‘lishi(ko‘z bilan parta orasidagi masofa 30 – 35 sm bo‘lishi kerak).
Ko‘rish yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash.
=== Taqdimot 22 ===
Ko‘rish analizatorining gigiyenasi
Matn shriftlari bolaning yoshiga mos bo‘lishi kerak,transportda va
yotib kitob o‘qish mumkin emas.To‘xtamay yozish me’yorlariga rioya qilish kerak. 6-7 yoshda 5-7 daqiqa, 7-10 yoshda 10 daqiqa,
11-12 yoshda 15 daqiqa, 13-15 yoshda 20 daqiqa, 16-18 yoshda
25-30 daqiqadan oshmasligi kerak. To‘xtamay o‘qish: 6-7 yoshda
5-10 daqiqa, 8-10 yoshda 15 -20 daqiqa, 11-15 yoshda 25-30 daqiqa, 16-18 yoshda 35-45 daqiqadan oshmasligi kerak. Albatta bu vaqtdan so‘ng ko‘zga dam berish lozim.
=== Taqdimot 23 ===
Eshitish analizatori
Eshituv organi tovushlarni eshi-tish va muvozanat funktsiyasini bajaradi, Eshitish analizatori 3 qismga bo‘linadi:
Ichki
Tashqi
O‘rta
01
02
03
=== Taqdimot 24 ===
Eshituv analizatori(Tashqi quloq)
Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yo‘nalishini bilishga xizmat qiladi. Tashqi eshituv yo‘lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo‘li devorchalarida maxsus bezchalar bo‘lib, ular yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida 0,1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo‘lib elastikdir.
Nog‘ora parda havo to‘lqinlarining ta‘sirida tebranib, bu tebranish eshituv suyakchalar yordamida o‘rta quloqqa o‘tkaziladi.
=== Taqdimot 25 ===
Eshituv analizatori(O‘rta quloq)
O‘rta quloq nog‘ora bo‘shlig‘idan, eshituv suyakchalaridan ya’ni – bolg‘acha, sandon, uzangi va yevstaxiy nayidan iborat. Bolg‘acha dastasi bilan nog‘ora pardaga yopishib turadi, boshchasi esa sandonning asosi bilan birlashib bo‘g‘im hosil qiladi. Uzangining serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishgan.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i yevstaxiy nayi yordamida burun halqumga tutashadi.
=== Taqdimot 26 ===
Eshituv analizatori(O‘rta quloq)
Eshituv suyakchalari nog‘ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50-martaga ko‘paytiradi. O‘rta quloq bo‘shlig‘idagi bosim tashqi bosimga barobar bo‘lgandagina nog‘ora pardasi normal ravishda tebranadi.
=== Taqdimot 27 ===
Eshituv analizatori(Ichki quloq)
Ichki quloq – Labirintdan iborat bo‘lib, yumaloq darcha bilan o‘rta quloqqa tutashadi. Suyak labirintning ichida parda labirint bor. Suyak labirint devorchalari o‘rtasida kichik bir bo‘shliq bo‘lib, bu bo‘shliq perilimfa degan suyuqlik bilan to‘ladi. Parda labirint ichidagi suyuqlik endolimfa deb ataladi. Oval darchaning o‘rtasida ichki quloq labirinti dahliz, chig‘anoq va yarim doira kanallar bor. Chig‘anoqning ichida Kortiev organi bo‘ladi.
=== Taqdimot 28 ===
Kortiev organi tovush sezadigan organdir. Tovush qabul qilish bola hali ona qornidayoq shakllangan bo‘ladi. Tug‘ilishi bilan ishlay boshlaydi. Har xil tovushlarni ajratish 2 – 3 oylik bolada shakllanadi. Eshitish organining funksional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi, 14-15 yoshda eshitish sezgilari susayadi. So‘ngra orta boradi. Odam qulog‘ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo‘lib, sekundiga 16 dan 20000 g/s gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini sezadi.
=== Taqdimot 29 ===
Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog‘lom bo‘lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. O‘rta quloqning yallig‘lanishi, ya’ni otti kasalini oldini olishga harakat qilish kerak. Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o‘tkazish tavsiya etiladi.
=== Taqdimot 30 ===
Muvozanat organi (vestibulyar analizator)
U odam tanasining fazoda ma’lum muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi. Tik turganda, chopganda, yurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga ko‘tarilganda va pastga tushganda, arg‘imchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlari bajarganda, har xil transportda yurganda, ya’ni odam tanasida eng oddiy holatdan eng murakkab holatlarga o‘tganda tanasining muvozanatini ta’minlovchi asosiy organ vestibulyar analizatordir.
=== Taqdimot 31 ===
Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Bu analizator juda qattiq zararlansa, odam hatto yotgan holatdan turganida uning boshi aylanadi, ko‘zi tinadi, ko‘ngli ayniydi u tezda o‘tirishga yoki yotishga majbur bo‘ladi. Agar odam yoshligidan boshlab vestibulyar analizatori yaxshi chiniqtirilmasa, odam tanasi murakkab holatlarda bo‘lganida seziladi. Vestibulyar analizatorning retseptorlari dahliz, yarim aylana kanalchalar ichida joylashgan. Retseptorlarning qo‘zg‘alishi vestibulyar nerviga o‘tib, miya ko‘prigidagi po‘stloq osti muvozanat markaziga, undan miyachaga va bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘idagi muvozanat markaziga boradi. Vestibulyar analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan boshlash zarur.
=== Taqdimot 32 ===
Bolani beshikdan va belanchakda tebratish, so‘ngra velosipedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish, raqsga tushish kabilar bu organni chiniqtiradi. Bola tug‘ilganidan vestibulyar analizator ishlay boshlaydi. 2 oyligida tebranishni ajratadi.
=== Taqdimot 33 ===
Please keep this slide for attribution
E‘tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.