Biosferada moddalarning davriy aylanishi
8000 so'm

Slayd 1
Biosferada moddalarning davriy aylanishi
Slayd 2
Modda va energiyaning davriy aylanishi haqida tushuncha. Biosferada modda va energiyaning aylanishi biosfera tarkibiy qismlari – tog‘ jinslari, tabiiy suvlar, gazlar, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning tinimsiz davriy aylanish jarayonidir.
Slayd 3
Davriy aylanish biosferaning mavjudligini ta’minlovchi, uning butunligini va barqarorligini saqlovchi muhim omildir. Biosferaning rivojlanishi va taraqqiyoti davom etishi Yerdagi biologik muhim moddalarning davriy aylanishi bilan bog‘liq.
Slayd 4
Butun Yer sayyorasi miqyosida quyosh energiyasi hisobiga sodir bo‘ladigan biologik muhim elementlarning bir bo‘g‘ini – dan ikkinchisiga o‘tishi moddalarning geologik davriy aylanishi deyiladi. Moddalarning geologik aylanishi abiotik omillar ta’sirida amalga oshiriladigan moddalar migratsiyasi hisoblanadi.
Slayd 5
Slayd 6
Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H, O, N, S, P eng muhim elementlar hisoblanadi.
Slayd 7
Moddalarning geologik davriy aylanishi biologik davriy aylanishdan bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi: geologik davriy aylanishning harakatlantiruvchi asosiy kuchi suvning okeanlar va quruqlik o‘rtasida to‘xtovsiz aylanib turishi bo‘lsa, biologik davriy aylanishni harakatlantiruvchi kuchi tirik organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi.
Slayd 8
Biologik davriy aylanish geologik davriy aylanishdan farq qilib, biosfera doirasida sodir bo‘ladi. Biologik davriy aylanishning mohiyati, avtotrof organizmlar tomonidan fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik birikmalarning sintezlanishi, mazkur organik birikmalarning oziq zanjiridagi konsumentlar ishtirokida o‘zlashtirilishi, redutsentlar tomonidan esa qaytadan anorganik moddalarga parchalanishida namoyon bo‘ladi.
Slayd 9
Redutsentlarning hayotiy faoliyati tufayli organik birikmalar anorganik moddalarga aylantirilib, qaytadan biologik davriy aylanishda ishtirok etishi yoki uning tarkibidan chiqib, geologik davriy aylanishga qo‘shilishi mumkin.
Slayd 10
Biosferaning barcha tarkibiy qismlari – o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar hamda litosfera, gidrosfera, atmosferaning tirik organizmlar egallagan qismlari bir-biri bilan moddalar va energiyaning yagona davriy aylanishi orqali chambarchas bog‘langan.
Slayd 11
Slayd 12
Biosferaning barqarorligi tirik moddalar – turlarning xilma-xilligi, tirik organizmlarning hayotiy faolligi, ekosistema tarkibiy qismlarining bir vakili ikkinchisining o‘rnini to‘ldira olishi bilan ham belgilanadi.
Slayd 13
Biosferaning barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlar. Biosferaning barqarorligi va yaxlitligini ta’minlovchi moddalarning biologik davriy aylanishi butun Yer shari jami biomassasining hayotiy faoliyati bilan bog‘liq. Quyosh energiyasi va yashil o‘simliklardagi xlorofill moddasi Yerda hayot mavjudligi hamda biologik davriy aylanishning asosi hisoblanadi.
Slayd 14
Quyosh energiyasi oqimi va tirik organizmlarning hayot faoliyati elementlarning davriy aylanishini harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Yashil o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni, o‘simliklarning ildiz tizimi orqali o‘zlashtiriladigan kimyoviy elementlarning organik moddalar sintezlanishida ishtirok etishi natijasida biogen elementlar to‘planadi va qayta taqsimlanadi.
Slayd 15
Yashil o‘simliklar tashqi muhitdan karbonat angidrid, suv, mineral tuzlarni o‘zlashtirib, quyosh nuri ta’siri va xlorofill ishtirokida geterotrof organizmlar uchun zarur bo‘lgan birlamchi mahsulot – organik birikmalarni sintezlaydi. Hayvonlar fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik birikmalar hisobiga oziqlanadi va hazm qilish jarayonida o‘simliklarning birlamchi mahsulotini ikkilamchi mahsulotga aylantiradi.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.