Alpomish dostoni va baxshichilik
8000 so'm

Slayd 1
“Alpomish”
dostoni
Slayd 2
Baxshichilikda foydalaniladigan cholg’u asboblari
Slayd 3
Fozil Yo’ldosh o’g’li kim?
Fozil shoir 1872-yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlog’ida tug’ilgan. Yetimlikda o’sgan bo’lajak shoir cho’ponlik qilgan vaqtlarida do’mbira jo’rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan.
Slayd 4
Fozil Yo’ldosh 40 dan oshiq xalq dostonlarini to’la yod bilgan va betakror talanti bilan aytgan dostonlarining badiiy jihatdan boshqalarnikidan mukammal bo’lishiga erishgan.
«Alpomish» dostoni nafaqat uning ijodida, balki o’zbek xalq dostonchiligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu dostonda o’zbek xalqiga xos eng ezgu sifatlar haqqoniy hamda ta’sirli aks ettirilgan.
Slayd 5
«Alpomish» dostoni
da o’zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus va yurt birligi yo’lida o’zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan.
Dostonni o’qish davomida o’ziga atashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga xor bo’lmasligi uchun jonini tikkan buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va do’st tutingani uchun Hakimbekning yonida o’zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko’pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg’och timsol-lari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini ko’ramiz.
Slayd 6
E’tirof
“Xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti”.
I.A.Karimov.
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
Slayd 7
«Alpomish» dostonida o’zbek millatiga xos eng yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, ayni vaqtda, ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan.
Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqimizning ma’naviy olamini ko’rsatuvchi ko’zgudir.
Shuning uchun ham 1999-yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda bayram qilindi.
Slayd 8
Dostonning boshlanishi
Burungi o’tgan zamonda, o’n olti urug’ qo’ng’irot elida Dobonbiy degan o’tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o’g’il farzand paydo bo’ldi. Alpinbiydan tag’i ikki o’g’il paydo bo’ldi: kattakanining otini Boybo’ri qo’ydi, kichkinasining otini Boysari qo’ydi. Boybo’ri bilan Boysari — ikkovi katta bo’ldi. Boysari boy edi, Boybo’ri shoy edi. Bu ikkovi ham farzandsiz bo’ldi.
Slayd 9
Ana endi o’n olti urug’ qo’ng’irot elida bir chupronto’y bo’ldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to’yga xabar qildi. Shu to’yga barcha xaloyiqlar yig’ildi. Biylar ham to’yga keldi. To’ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi.
Biylar: «Mazmuni, bu odamlar bizning kelganimizdan bexabar qoldi», — deb otini o’zlari bog’lab, ma’rakai majlisga kelib o’tira berdi.
Slayd 10
Zukko Hakimbek
Shunda o’g’li turib aytdi: «Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor bo’lsa, ko’nglini xushlab jo’natsa, bul ham saxiy;
Agar joy bor turib, joy yo’q, deb qo’ndirmay jo’natsa, bul odam baxil.
Vaqti – bevaqt bir kishi mozorotning qabatidan o’tsa, chap oyog’ini uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqqiga duo o’qib o’tsa, bul ham saxiylik;
Agar har kirn mozordan o’tganda, chap oyog’ini uzangidan chiqarmay, mozorotning haqqiga duo qilmay o’tsa, bul ham baxil.
Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bermasa, bul ham baxil ekan».
Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o’qib o’tirib, baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi…
Slayd 11
BOYSARINING MOL-MULKI
Boysariboyning yilqisining soni shul edi: to’qson to’qay yilqisi bor edi. To’qson to’qay degani – yilqisi har yerlarda: to’qaylarda, tog’larning darasida, to’qayli yerlarda yoylab yurar edi. To’qaylarda yilqisi yoyilib yurgani uchun Boysariboyning to’qson to’qay yilqisi bor, der edi. Lekin yilqisining, molining sonini hech bilmas edi.
Slayd 12
Surxayl va 7 alp
Toychi viloyatinda Qalmoq muzofotinda bir Surxayl degan kampir bor edi. Juda haddili zo’r kampir edi, bu kampirning yetti o’g’li bor edi:
• Ko’kaldosh;
• Ko’kaman;
• Ko’kqashqa;
• Boyqashqa;
• Toyqashqa;
• Qo’snquloq;
• Qorajon.
Slayd 13
1. Qirq kunlik yo’l Boboxonning orasi.
Boboxon tog’idan poyga qilaman,
Oti ildam boybachchaga tegaman.
2. Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga,
Men tegaman shul yoyandoz polvonga.
3. Ming qadimdan tanga pulni urganga,
Men tegaman shul qirag’ay merganga.
4. Kurash qilib to’qson alpni yiqqanga,
Men tegaman nor bilakli polvonga.
Slayd 14
BAXTLI YAKUN
…Baxmal o’tovda chimildiq tutib, kuyov navkarlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bo’lib, bir necha xotinlar «kampir o’ldi» bo’lib, o’lganiga bir nima olib, «it irillar» degan rasmini qilib, bunda ham bir nima berib, har zamon salom solib, uydan ichkari kirib, chimildiqqa o’tirib, oldiga dasturxon solib, …kuyov navkarlarga to’ppi, ro’mol, sarpoylar berib, kuyov navkarlar chiqib ketdi. Barchinni bekning… qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, «chach siypatar», «qo’l ushlatar’Mni qilib, bir necha yangalar har qaysisi o’z mazgiliga ketdi.
Slayd 15
Asar qahramonlari
Slayd 16
BILIMINGIZNI SINANG!
“Alpomish” dostonining nechta varianti yozib olingan?
Alpomishning yonida o’zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan qahramon?
“Dobonbiydan … degan o’g’il farzand paydo bo’ldi”.
“Alpomish” dostonida “tarzi gul yuzli, shirin so’zli, bir siyosatli kishi” deb ta’riflangan kim?
Boybo’rining “Kishi nimadan baxil bo’ladi, nimadan saxiy bo’ladi?” degan savoliga Alpomishning javobi?
Yetti alpning onasi?
Ko’chish payti Barchinning sepi necha tuyaga ortildi?
“Alpomish” dostonida tushlari vositasida kelajak taqdirlari bayon qilingan qahramonlar?
Barchinning poygasi qayerda o’tkaziladi?
Qalmoqlar boylab tashlagan Qorajonga kim yordam beradi?
Yoyandozlik qayerda bo’lib o’tadi?
Qorajon nechta alp bilan kurash tushadi?
Slayd 17
Nazariy ma’lumot.Xalq dostonlari haqida
«Doston» forscha so’z bo’lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif ma’nolarini bildiradi. Adabiy atama sifatida ham folklorning, ham yozma adabiyotning muayyan janrini anglatadi. Xalq og’zaki ilodiga mansub asarlarni yozma dos-tonlardan farqlash uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi.
Slayd 18
Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning boshidan o’tgan qaltis voqealar she’r va nasriy yo’lda aralash tasvirlangan yirik hajmli, muallifi noma’lum epik asarlar xalq dostonlari deyiladi.
Slayd 19
Xalq dostonlar olimlar tomonidan quyidagi turlarga ajratilgan:
1. Qahramonlik dostonlari.
2. Jangnoma dostonlar.
3. Romanik dostonlar.
4. Tarixiy dostonlar.
5. Kitobiy dostonlar.
Slayd 20
Sa’j nima?
Xalq dostonlaridagi nasriy tasvirlar ham juda o’ziga xos bo’lib, ko’pincha, saj’ yo’lida, ya’ni qofiyali sochma ko’rinishida keladi. Nasriy tasvirlarning bu tarzda berilishi xalq dostonlarining ifoda darajasini yuksaltirib, badiiy ta’sirchanligini orttiradi.
«Go’ro’g’lining zo’r deb ta’rifi ketgan, zarbasi toshdan o’tgan, qilichining ishlovi yetgan, tekkan omon qolmasin deb zaharning suvin yalatgan» nasriy parchasidagi «ketgan», «o’tgan», «yetgan», «yalatgan» so’zlari nasriy tasvirga ohangdorlik, musiqiylik baxsh etadi.
Slayd 21
Epik qolip nima?
Xalq dostonlarining deyarli hammasida uchraydigan ifoda va tasvirlar folklorshunoslikda «epik qoliplar» deyiladi. Ular xalq dostonlarida takrorlanib turadigan holatlar tasvirida qo’llaniladi. Dostonlarning boshlanish va tugallanishi, personajlaming ko’rinishi, o’zaro munosabatlari, tulporlarga berilgan ta’riflar, safar yoki jang tasvirida epik qoliplardan foydalaniladi.
Misol uchun: «Dam shu damdir, o’zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema» yoki: «Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol».
Slayd 22
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.