Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Sab’ai sayyor dostoni
8000 so'm

Slayd 1
Alisher Navoiy hayoti va ijodi.
“Sab’ai sayyor” dostoni.
Nazariy ma’lumot. Tashbih, tanosub, irsoli masal san’atlari
Slayd 2
Shoir haqida
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Хuroson o‘lkasining poytaхti Hirotda tug‘ildi. Alisher bolalikdan ma’rifatli oila muhitida tarbiya topdi. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni «G‘iyosiddin kichkina» ham der edilar) temuriylarga yaqin amaldorlardan bo‘lib, o‘z davrining obro‘li va ma’rifatli kishilaridan sanalgan. Adabiyotshunos Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, u o‘g‘li Alisherning tarbiyasiga e’tibor bergan va kelajakda fazilatli odam bo‘lib yetishmog‘i uchun astoydil harakat qilgan. Onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan. Bo‘lajak shoirning tog‘alari Mir Said (Mirsayid) Kobuliy yaхshi shoir, Muhammad Ali G‘aribiy shoir, sozanda va хattot edilar.
Slayd 3
Shoir haqida
Alisher oilada uchinchi yoki to‘rtinchi farzand bo‘lib, maktabda bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi. U erta savod chiqardi.
She’r o‘qish va yod olish, she’r bitishga bolalikdan havasi uyg‘ondi. Kichik maktab yoshida fors shoiri Farididdin Attorning kattalar ham tushunishi qiyin bo‘lgan «Mantiq ut-tayr» dostonini fors tilida o‘qib ham uqib yod olgani uning yoshlik iste’dodining muhim qirralaridan edi.
Slayd 4
Taxalluslari
Slayd 5
Ilk devon
Shoirning muxlislari tomonidan 1465–1466-yillarda tuzilgan «Devon»
Slayd 6
Shoirning unvonlari
«Amiri kabir» (ulug‘ amir)
«Amir ul-muqarrab» (podshohga eng yaqin amir)
Slayd 7
Navoiyning “Xamsa”si
1483-yilda turkiy tilda birinchi bo‘lib «Xamsa» yozishga kirishdi va misli ko‘rilmagan qisqa muddat – ikki yilda besh yirik dostondan iborat asarni yozib tugatdi. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo‘r shodliklar bilan qarshi oldi. Abdurahmon Jomiy Navoiy «Xamsa»siga yuksak baho berdi
Slayd 8
Shoirning o‘tmishga doir asarlari
*«Tariхi muluki Ajam»
(«Ajam, ya’ni arab bo‘lmagan mamlakatlar podshohlari tariхi»)
*«Tariхi anbiyo va hukamo»
(«Payg‘ambarlar va donishmandlar tariхi»)
Slayd 9
Aruz ilmiga oid asari
«Mezon ul-avzon» («Vaznlar o‘lchovi»)
Slayd 10
Tazkirachilikka oid asari
«Majolis un-nafois» («Nafis majlislar»)
Slayd 11
Lug‘atshunoslikka oid asari
«Sab’at-u abhur» («Yetti dengiz»)
Slayd 12
O‘zbek va fors tillari solishtirilgan asari
«Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi»)
Slayd 13
4 devondan iborat bo‘lgan she’riy to‘plami
«Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinalari») (1490-yil)
Slayd 14
Forscha yozilgan she’rlar to‘plami
«Devoni Foniy»
Slayd 15
«Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari»)
Sharqda o‘tgan mashhur
shayxlar, so‘fi ylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi asari
Slayd 16
Shoirning umr bo‘yi xayolini band qilgan asari
Lison ut-tayr» («Qush tili»)
Slayd 17
Yozishmalari to‘plangan asari
«Munshaot» («Xatlar»)
Slayd 18
Shoirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o‘zida ifodalagan asari
«Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani»)
(so‘nggi asari)
Slayd 19
Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.
Slayd 20
Bu doston keng qamrovli voqealarni o‘z ichiga olgan murakkab sujetli yirik epik asardir. Bunday asarlarda tasvirlar o‘zgarishi, voqealar almashinuvi o‘ziga хos tarzda bo‘ladi. Ya’ni voqealar bir makondan boshqasiga o‘tganda, lavhalarning biri ikkinchisiga ko‘chganda zamonaviy epik asarlarda bo‘lganidek boblar, bo‘limlar yoki sarlavhalar bilan ajratilmaydi.
Bu dostonda suv va quruqlikda o‘ziga qaroqchilikni kasb qilib olgan Jobir va Mehr hamda Suhaylning munosabatlari vasf etiladi.
Slayd 21
Tashbih haqida
Tashbih – adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’at lardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish desa ham bo‘ladi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga o‘хshatishdir.
Slayd 22
Tanosub haqida
Tanosub – baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari bilan; «Ka’ba» esa haj, farz, Tangri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘lanib, yaхlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.
Slayd 23
Irsoli masal haqida
Irsoli masal – «maqol keltirish» ma’nosini bildirib, badiiy asarda fikr isboti uchun хalq maqollaridan foydalanish san’atidir. Masalan,
Har kishikim birovga qozg‘oy choh,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh, –
baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘хshagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to‘la mos tushgan va masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga хizmat qilgan.
Slayd 24
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.