PEDAGOGIKA FANINING TUZILISHI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI

3000 so'm


PEDAGOGIKA-FANINING-TUZILISHI-VA-UNING-BOSHQA-FANLAR-BILAN-BOG‘LIQLIGI

Slayd 1

PEDAGOGIKA FANINING TUZILISHI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI

Slayd 2

Reja:
1
Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
2
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodi, adabiyotlar bilan ishlash metodi
3
Pedagogik kategoriyalar.

Slayd 3

Bu ommaviy ravishda material to‘plash maqsadida anketalar tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning yozma va bir qancha fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarni bajargan daftarlarini tekshirish, o‘rganib chiqish yo‘li bilan turlarga ajratish mumkin.
Anketalar tarqatish

Slayd 4

Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli yo‘nalishlarda bilim hajmining o‘sib borishi fanning tabaqalanib, turli tarmoqlarga bo‘linishiga sabab bo‘lmoqda.
Yaqin o‘tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida ham ko‘pgina tarmoqlarga bo‘linish ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan bog‘liligi

Slayd 5

1. Maktab pedagogikasi
2. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi
3. Kattalar pedagogikasi
4. Oliy maktab pedagogikasi
5. Pedagogika tarixi
6. Maxsus pedagogika (ko‘zi ojiz, aqli zaif, qulog‘i kar)
7. Defektologiya(surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika)

Slayd 6

Pedagogika fani tarmoqlariga predmetlarni o‘qitishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan – metodika ham kiradi.
Shu bilan birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.

Slayd 7

Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi.Chunki tarbiyaning maqsadi ilmiy dunyoqarashini shakllantirish; jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi.Iqtisodiy va xususan uning bir bo‘lagi bo‘lgan xalq ta’limi iqtisodi pedagogika bilan bog‘lanib ketadi.

Slayd 8

Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi.Chunki tarbiyaning maqsadi ilmiy dunyoqarashini shakllantirish; jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi.Iqtisodiy va xususan uning bir bo‘lagi bo‘lgan xalq ta’limi iqtisodi pedagogika bilan bog‘lanib ketadi.Chunki iqtisodchilarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi umumiy ta’limning yuqori darajada rivojlanganligiga bog‘liq ekan.

Slayd 9

Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra, pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tus olgan.

Slayd 10

Umumiy pedagogika
Pedagogika fani taraqqiyoti pedagogika fanlari tizimini vujudga keltirdi. Bular:
01
Maxsus pedagogika
02
Metodika
03
Pedagogika tarixi
04
Qiyosiy pedagogika
Ijtimoiy pedagogika
05
06

Slayd 11

Ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi:
Pedagogikaning ko‘pgina muammolarini hal etishda ta’lim- tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o‘rganish muhim kasb etadi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda oddiy o‘qituvchilarning faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Chunki tajribalarni o‘rganish mobaynida muammo yutuq va kamchiliklar aniqlanadi.

Slayd 12

Pedagogik tajribalarni o‘rganish metodlari:
1. Kuzatish
2. Intervyu olish
3. Anketalar tarqatish
4. O‘quvchilarning yozma va ijodiy ishlari
5. Pedagogik hujjatlarni o‘rganish

Slayd 13

O‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad
nuqtayinazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi.
Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.
Kuzatish metodi

Slayd 14

Dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plangan materiallarga
aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi asosida olib boriladi.
Suhbat metodi

Slayd 15

Maktab hujjatlarni o‘rganish metodi
O‘quvchilarning shaxsiy varaqalari metodistning to‘plagan ma’lumotlari, sinf jurnallari, kundaliklar, yig‘ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqot uchun olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida obyektiv axborot manbayi hisoblanadi.

Slayd 16

Pedagogikada bu jarayon turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning, seminarlarda ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bilan ma’ruzalar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar bo‘lishi mumkin.
Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko‘p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish

Slayd 17

Pedagogika-insonning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini shakllantirish, pedagogik tarkib tomonidan didaktik texnologiyalar va muntazam olib borilayotgan faoliyat asosida maqsadga yo‘naltirilgan jarayon haqidagi fandir.
Pedagogika fanining obyekti-borliqdagi muayyan soha va haqiqiy hodisa va jarayonlar bo‘lib, ularning o‘rganilish va asoslanishiga ilmiy fanlarning muayyan sohasi yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Pedagogik kategoriyalar:

Slayd 18

Pedagogikaning predmeti – pedagogik jarayon, ya’ni pedagoglar va o‘quvchilarning bilimlarni ongli va mustahkam tarzda o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan, mazmunan boy va tashkiliy jihatdan nihoyasiga yetkazilgan o‘zaro aloqalaridir.

Slayd 19

Ta’lim maqsadi;
Ta’lim mazmuni;
Ta’lim va tarbiya shakl va metodlarini o‘rganadi.
Pedagogika fan sifatida:

Slayd 20

Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodi, adabiyotlar bilan ishlash metodi
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:

Slayd 21

Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.

Slayd 22

Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning idrok etilishi, uni yaratishga intilishi, shuningdek, estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

Slayd 23

Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni o‘rganishga yordam beradi. Gigiyena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishga nazariy va amaliy g‘oyalarni taqdim etadi.
Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, tarixiy tajribani yosh avlodga o‘rgatish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.

Slayd 24

Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o‘tkazish mumkin emasligini uqtiradi. Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.

Slayd 25

pedagogikani ob’yektiv borliqni ma’naviy jihatdan o‘zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash; pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga muvofiqligini aniqlash; maqsadning aniqligi;
pedagogik fanlar tizimi, ularning o‘zaro aloqasi. Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi. Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi.
Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:

Slayd 26

Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Slayd 27

Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.

Slayd 28

muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;
vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
tajriba- sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;
tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o‘tish;
tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Slayd 29

Ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatish metodi

Slayd 30

Test metodi
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
Pedagogik kuzatish metodi
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
Pedgik tahlil metod
Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
Pedagogik tajriba metodi.

Slayd 31

Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir

Slayd 32

Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: O‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar. Mazkur metod muayyan yo‘nalishlarda o‘quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o‘quvchilarda hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi, ilg‘or pedagogik tajribalar mazmunini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi

Slayd 33

Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Pedagogik tahlil metodi

Slayd 34

Bolalar ijodini o‘rganish metodi
Mazkur metod o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Slayd 35

Bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
bilimlar bellashuvi;
fan olimpiadalari;
turli mavzulardagi tanlovlar;
maktab ko‘rgazmalari;
festivallar;
musobaqalar.

Slayd 36

Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib ko‘rish”) metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash hamda unga baho bera olishi zarur.

Slayd 37

E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 38

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“PEDAGOGIKA FANINING TUZILISHI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar