Aminokislotalar va oqsillar

 

 

Slayd 1

Organik kimyo

Slayd 2

Aminokislotalar-molekulasi tarkibida ham amino- (Nh2), ham karboksil – (Coon) guruhi boʻlgan moddalardir. Oqsillar esa turli xil -aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil top-gan yuqorimolekulyar polipeptid birikmalardir. Oqsillar tirik hayotning asosi boʻlib murakkab tuzilishga egadir.
Aminokislotalar tarkibidagi 2 ta funksional guruhning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab  -,  –  va -aminokislotalar boʻladi. M-n:

Slayd 3

Aminokislotalar tarkibida asimmetrik uglerod atomi boʻlganligi uchun ularga ham optik izomeriya xosdir. Ular ham qutblangan nurni oʻngga (+) yoki chapga (-) buradi. D va L qatorlarga boʻlinadi.

Slayd 4

Oqsil tarkibiga kiruvchi -aminokislotalar oʻziga xos nomlarga ega. M-n:
Nh2-Ch2-Cooh glikokol, glitsin
Aminokislotalar ham aminlarning, ham karbon kislotalarning xossalariga ega. Ular odatda, ichki tuz shaklida boʻladi va shuning uchun suvda eruvchan, kristall moddalardir

Slayd 5

Oqsillar tarkibiga 20 taga yaqin  -amino-kislotalar kiradi. Bu aminokislotalarning bir qismi organizmda sintez boʻladi, bir qismi esa tayyor holda ovqat bilan organizmga kirishi kerak. Organizm uchun zarur boʻlgan, ammo organizmda sintez boʻlmaydigan – aminokislotalar almashti-rib boʻlmaydigan aminokislotalar deyila-DI. Ular quyidagilardir:

Slayd 6

Slayd 7

Slayd 8

Aminokislotalarni olish usullari ham amino-birikmalar va karbon kislotalarni olish usu-llariga oʻxshash. M-n -aminokislotalarni -galogenkislotalardan va alʼdegidlardan quyi-dagi reaksiyalar yordamida olish mumkin:

Slayd 9

Aminokapron kislotasi kaprolaktamni gidroliz qilib olinadi:
Aminokislotalar toʻyinmagan kislotalarga am-miak biriktirib olinadi:

Slayd 10

 -,  -Va  -aminokislotalar bir-biridan qizdi-rish vaqtida qanday moddalarga aylanishi bilan farq qiladi.
Bunda  -aminokislotalar diketopiperazinlar,  – aminokislotalar -toʻyinmagan kislotalar va  -aminokislotalar esa laktamlar hosil qiladi:

Slayd 11

Aminokislotalar qizdirilganda ochiq zanjirli oligopeptidlar yoki polipeptidlar hosil boʻlishi mumkin. Umuman, aminokislotalar amfoter birikmalar boʻlib, asoslar bilan ham, kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Ular aminoguruh hisobiga va karboksil guruh hisobiga alohida reaksiyalarga kirishadi. M-n, nitrit kislota taʼsirida  -aminokislotalar diazobirikmalarga aylanadi. Odatda bu reak-siyada aminokislota efiridan foydalaniladi:

Slayd 12

Aminokislotalar oqir metallarning ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. M-n:
Suvda eruvchan komplekslar hosil qiluvchi aminokislotalar kompleksonlar deb ataladi. Eng muhim kompleksonlardan biri etilendia-mintetrasirka kislota (trilonB) dir:

Slayd 13

Oqsillar ham amfoter xossaga ega boʻlib birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi tuzilishga egadir.
Oqsillarning polipeptid molekulasidagi  -aminokislota qoldiqlarining ketma-ketligi ularning birlamchi strukturasi deyiladi. Oqsillarning ichki ( -) va molekulalararo (π -) vodorod boqlari hosil boʻlishi tufayli spiralsimon tuzilishi ularning ikkilamchi strukturasi deb ataladi. Silindrsimon -spirallarning fazoda turlicha joylashishi va makromolekula turli qismlarida S-S disulʼfid koʻpriklarini hosil qilishiga oqsillarning uchlamchi strukturasi deb ataladi. Bir nechta polipeptid zanjirlarning vodorod boqlari, ion juftlari hosil qilib birlashishi oqsillarning toʻrtlamchi strukturasi deb ataladi.
Oqsillarga biuret, ksantoprotein, Millon va ningidrin reaksiyalari xosdir. Oqsillar organizmda muhim hayotiy vazifani bajaradi.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Aminokislotalar va oqsillar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

four × five =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar