Alkaloidlar ochilishi, tasnifi va xossalari
4000 so'm

Slayd 1
Alkaloidlar ochilishi, tasnifi va xossalari
Slayd 2
Alkaloidlarni ochilishi, tarixi
Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor oʻsimliklar tasnifi
Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari
Miqdoriy va sifat taxlili
Alkaloidlarni ajratish usullari
Reja:
Slayd 3
Oʻsimliklar (qisman xayvon) toʻqimalarida tayyor xolda boʻladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik taʼsirga ega boʻlgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha alqali ishqor va yunoncha eydos oʻxshash (simon) soʻzlaridan iborat boʻlib, ishqorsimon birikma degan maʼnoni bildiradi. Bu alkoloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla oʻsimligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi boʻlib alkaloid deb atadi.
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy maʼlumotlar
Slayd 4
Tarkibida alkaloid boʻlgan oʻsimliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni oʻrganish va tekshirish soxasida ilmiy ishlar boshlandi. 1792 yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti poʻstloi tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni mumsimon xolida ajratib oldi. 1797 yilda Bolee, 1804 yilda Derozi xamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni opiy tuzi deb atadi. Shunday boʻlsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachisi Sartyurner xisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall xolda alkaloid ajratib oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta qiziqish uyotdi, chunki shu paytgacha oʻsimlikda fakat nordon, yoki neytral xarakterga ega boʻlgan moddalar bor deb oʻylashgan, asosli xossaga ega boʻlgan sintetik organik moddalar esa keyinroq (1848) ochilgan.
Slayd 5
Yangi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizqin ishlar boshlab yuborildi. Lekin oʻsha yillari (1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, shuning uchun alkaloidlar bilan tanishish yuzaki boʻlib qoldi. Ularni yanada chuqurroq oʻrganish, strukturasini tuzish va sintez qilishga urinib koʻrish keyingi davrda, aniqrogʻi oʻtgan asr oxirlariga toʻgʻri keladi. Xozirgi kunda kimyoning bu boʻlimi yaxshi va tez rivojlanmokda.
Slayd 6
Alkaloid nomi
Ochilish yili
Kim tomonidan ochilgan
Morfin
1806
Sertyurner
Xinin
1820
Kabentu
Nikotin
1828
Paselt va Reymant
Atropin
1831
Layn
Kodein
1832
Robiks
Okonitin
1833
Reychir va Resse
Teofillin
1842
Voskresenskiy
Garmin
1847
Fritge
Kokain
1860
Niman
Pilokarpin
1875
Ardi
Efedrin
1887
Nagal
Skopolamin
1888
Shmidt
Ioximbin
1896
Shpigel
Lobelin
1921
Viland
Anabazin
1926
Orexov
Salsolin
1933
Orexov va Preskurnina
Paxikarpin
1933
Orexov, Robinovich, Kanovalova
Platifillin
1935
Kanovalova va Orexov
Sferofizin
1944
Rubinshteyn va Menshikov
Slayd 7
Alkaloidlar oʻsimliklar dunyosida keng tarqalgan. Quyidagi oilaning vakillari alkaloidlarga boy: lolaguldoshlar (liliaceae); chuchmomadoshlar (amaryllidaceae); kendirdoshlar (arosupaseae); ayiqtovondoshlar (Ranunsulaceae); koʻknordoshlar (Raraveraseae); dukkakdoshlar (Fabaseae); ituzumdoshlar (Solanaseae) va boshqalar. Shu davr ichida bugun er yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar oilasiga 897 tasi to‘ri keladi.
Oʻsimliklarning tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15%, baʼzan 25% gacha alkaloidlar boʻlishi mumkin. Oʻsimliklarda bir-biriga yaqin koʻpgina alkaloid boʻladi.
Slayd 8
Alkaloidlar uchun eng xarakterli boʻlgan oʻrni oʻsimlik organizmida tayyor xolda boʻlishi va ular oʻsimlikning xayot faoliyati natijasida xosil boʻlishi.
Alkaloidlar qimmatbaxo dorivor modda boʻlganligi uchun uni oʻrganishga va kimyoviy strukturasini tuzishga qiziqish oshdi. Alkaloidlar strukturasini oʻrganish bizlarga bir qator izlanishlarni olib borishga va shu bilan birga yangi dorivor preparatlarni olishga olib keladi.
Slayd 9
Alkaloidlarning kimyosi
Alkaloidlarning strukturasini aniqlash juda qiyin va murakkab vazifa xisoblanadi. Bu vazifani xal qilishda organik kimyoning barcha analitik va sintetik usullaridan foydalaniladi. Bunda bir necha umumiy usullar bor.
Xalqa ochilishi reaksiyasi.
Bunga asosan Gofman reaksiyasi qilinadi. Gofman toʻrtlamchi qizdirilganda suv, uchlamchi amin va tuyinmagan uglevodorod xosil qilib parchalanishini topdi.
(C2H5) 4 – N-Oh (C2H5) 3 – N Ch2 q Ch2 H2O
Alkaloidlarni oʻrganishda ular koʻpincha metil gruppa tutuvchi uchlamchi asos boʻlganligi uchun dissotsiyalash reaksiyasi muximdir. Bu reaksiya xar xil usulda olib borilishi mumkin. Shundan asosiylari quyidagilar.
Slayd 10
Bromsian taʼsiri. Baʼzi xolatlarda VrSN taʼsirida uchlamchi asosda xalqa emas, metil gruppa bilan azot oʻrtasidagi bo uziladi
Yodgidratni quruq xaydash
Asosga gipoxloridlar taʼsiri. Avval xloramin, keyin ikkilamchi amin boʻladi
Asosning permanganat bilan oksidlanishi
Alkaloidlarning asosligi qanchalik alifatik radikali koʻp boʻlsa, asoslik xossalari xam kuchayadi.
Nh2Ch3, Nh (Ch3) 2, N (Ch3) 3, C6H5 – asosligi koʻpayyadi.
Nh2C6H5, Nh (C6H5) 2, N (C6H5) 3, C6H5 – asosligi kamayadi.
Strukturaning oʻzgarishi boʻyicha asoslik xossalari xam oʻzgaradi.
Slayd 11
Alkaloidlar va tarkibida alkaloid saqlovchi
Maxsulotlar tasnifi
Tarkibida alkaloidlar boʻlgan oʻsimliklarni sinflarga boʻlishda uni tarkibidagi alkaloidning uglerod azotli skletining tuzilishi asos qilib olingan. Shunga koʻra dorivor vosita sifatida ishlatiladigan alkaloidlar va uning oʻz tarkibida saqlovchi dorivor maxsulotlar quyidagi sinflarga boʻlinadi.
Slayd 12
Ochiq zanjirli (atsiklik) va azot yon zanjirda boʻlgan alkaloidlardir. Atsiklik alkaloidlarga sferofizin, azot yon zanjirda boʻlgan alkaloidlarga efedrin, kapsaitsin, kolxitsin va boshqa alkaloidlar kiradi
1 2 3
C6H5 – Ch – Ch – Ch3
| |
Oh Nhch3
Slayd 13
Pirrolidin unumlari boʻlgan alkaloidlar. Pirrolidinning oddiy unumlariga gigrin, kuskgigrin va boshqa alkaloidlar kiradi
Pirrolizidin – geliotridin (pirrolidinning ikki molekulasini azot orqali jipslangan birikmasi) unumi boʻlgan alkaloiddir. Pirrolizidin unumiga platifillin, sarratsin, trixodesmin va boshqa alkaloidlar kiradi
Piridin va piperidin unumlariga koniin, lobelin, nikotin, anabazin, pelterin va boshqa alkaloidlar kiradi
Tropan unumi (piperidin bilan pirrolidinni azot orqali jipslangan birikmasi) boʻlgan alkaloididir. Tropan unumiga atropin, giossiamin, skopolamin, kokain va boshqa alkaloidlar kiradi. Sekurinin alkaloidi xam piperidin bilan pirrolidinni jipslangan birikmasining unumiga (lekin tropan unumi emas) kiradi
Slayd 14
Xinolizidin (piperidinni ikki molekulasini yoki piperidin va piridinni azot orqali jipslangan birikmasi) unumlari boʻlgan alkaloidlardir. Xinolizidin unumlariga paxikarpin, sitizin, termopsin, nufaridin va boshqa lupinan alkaloidlar kiradi
Xinolin unumlari boʻlgan alkaloidlar. Xinolin unumlariga xinin, sinxoxin, exinoksin va boshqa alkaloidlar kiradi
Akridin unumlari boʻlgan alkaloidlar. Akridin unumiga rutadoshlar oilasiga mansub baʼzi tropik oʻsimliklarning alkaloidlari kiradi. Bu gurux alkaloidlar tabiatda kam tarqalgan
Izoxinolin unumlari boʻlgan alkaloidlar. Bu gurux alkaloidlar oʻsimliklar dunyosida keng tarqalgan. Ularga izoxinolinni oddiy unumlari (salsolin, salsolidin va boshqalar), benzilizoxinolin (papaverin, narkotin va boshqalar), finantrenizoxinolin (morfin, kodein, tebain va boshqalar), xamda izoxinolinning ikki molekulasini birlashgan birikmasi – dezoxinolin (berberin tipidagi alkaloidlar) unumlari boʻlgan alkaloidlar kiradi
Slayd 15
Indol unumlari boʻlgan alkaloidlar. Indol unumiga strixnin, drutsin, rezerpin, aymalin, serpentin, fizostigmin, garmin, brevikollin, vinkamin, vinblastin, shoxkuya oʻsimligining alkaloidlari va boshqa alkaloidlar kiradi. Bu gurux alkaloidlar xam oʻsimliklar dunyosida ancha keng tarqalgan
Imidazol unumlari boʻlgan alkaloidlar. Imidazol unumlariga telokarpin va boshqa alkaloidlar kiradi
Xinazolin unumlari boʻlgan alkaloidlar. Xinazolin unumlariga febrifugin, izofebrifugin, peganin va boshqa alkaloidlar kiradi
Purin unumlari boʻlgan alkaloidlar. Purin unumlariga kofein, teobromin, teofillin va boshqa alkaloidlar kiradi
Diterpen unumlari boʻlgan alkaloidlar. Diterpen unumlariga elatin, delsimen, sistillikakonitin, akanitin, zongorin va boshqa alkaloidlar kiradi
Siklopentanopergidrofenantren unumlari boʻlgan alkaloidlar (steorid alkaloidlar). Steroid alkaloidlarga salasonin, solanin, chakonin, psevdopervin, beratrozin va boshqalar kiradi
Slayd 16
Alkaloidlarning tibbiyotda ishlatishi
Alkaloidlar tibbiyotda ishlatiladigan dorivor moddalar ichida eng qimmatli xisoblanadi. Ular koʻpincha spetsifik (maʼlum kasallikka nisbatan) va boshqa dorilar bilan almashtirilib boʻlmaydigan taʼsirga ega boʻlganligi uchun turli kasalliklarni davolashda keng miqyosda ishlatiladi.
Dorixona va zavodlarda alkaloidli maxsulotlardan xar xil dori turlari (damlama, qaynatma, nastoyka, ekstarktlar, yangi galen preparatlari) tayyorlanadi xamda sof xoldagi alkaloidlar va ularning tuzlari ajratib olinadi.
Slayd 17
Masalan:
Yassi bargli senetsio – Senecio platyphylloides Som. Et Lev – oʻsimligi; ildizpoyada -2,2-4%, er ustki qismida, poyada – 0,2-1,2%, bargida – 0,39-3,5%, uruida – 5% gacha alkaloidlar saqlaydi. Bu oʻsimlikdan olinadigan platifillin alkaloidi atropinga oʻxshash (lekin kuchliroq) taʼsir etadi. Platifillin qorin va ichaklarning silliq muskullari spazmida, meʼda yarasi, spazmik kabziyatda, koʻkrak qisishi, buyrak va jigar sanchii, xolitsistin, bosh miya tomirlari spazmi xamda bronxial astma kasalliklarda ishlatiladi. Koʻz kasalliklarida koʻz qorachiini kengaytiruvchi dori sifatida va dengiz kasalligida xam qoʻllaniladi
Slayd 18
Platifillin gidrotartrat – poroshok, tabletka va 0,2-0,5% LI eritma xolida xamda 0,2% LI eritmasi ampulada chiqariladi. Platifillin gidrotartrat terafillin, palyufin, plavefin preparatlari tarkibiga kiradi.
+izilcha (Efedra) – Ephedra – oʻsimligida 0,6-3,2% alkaloid boʻladi. Alkaloidlar yiindisining taxminan 90% ini efedrin, qolgan qismini esa psevdoefedrin va metilefedrin alkaloidlari tashkil etadi.
Efedrin kishi organizmiga adrenalinga oʻxshash taʼsir qiladi (sinaptik nervlarni qoʻzatadi, qorin boʻshlii va teridagi qon tomirlarni nixoyatda toraytiradi). U adrenalindan asosan kam zaxarliligi, sekin, lekin uzoq taʼsir qilishi bilan farq qiladi.
Slayd 19
Efedrin koʻp qon yuqotilishi natijasida yuz bergan kollaps holatida, qon bosimi pasayganda, miasteniya, allergik bronxial astma, vazomotor tumov va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Bundan tashqari, efedrin alkaloidi morfin, skopolamin va gangliomitiklar bilan zaxarlanganda qam qoʻllaniladi.
Efedrin gidroxloril kukun, tabletka va ampuladagi eritma xolida chiqariladi. Efedrin gidroxlorid turli kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Meksika bangidevonasi – Datura innoxia Mill – oʻsimligining tarkibida asosiy alkaloidi skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38-0,55% va urugʻida 0,31-0,77% gacha alkoloid mavjud.
Skopalamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi taʼsirga ega. Shuning uchun skopolamin gidrobromid, baʼzan xirurgik operatsiyadan oldin, markaziy nerv sistemasini tinchlantirish uchun morfinga qoʻshib, teri ostiga yuboriladi hamda asab kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda tinchlantiruvchi, kuchni toʻxtatuvchi vosita sifatida (aeron tarkibida) qoʻllaniladi.
Slayd 20
Fizik-kimyoviy xossalari
Koʻpchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini odiruvchi), xidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq, kristall yoki amorf modda. Shu bilan birga rangli (barberin toʻq sariq rangga boʻyalgan), suyuq, xidli va uchuvchan (anabazin, nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar xam boʻladi.
Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari boʻlishi kerak, kislorod boʻlishi shart emas. Odatda molekulasida kislorodsiz alkaloidlar koʻpincha suyuq, xidli va uchuvchan, kislorodlilari esa xidsiz, uchmaydigan, kristall modda boʻladi.
Oʻsimliklar tarkibida alkaloidlar 3 xil koʻrinishda uchraydi:
Sof (asos) xolida
Kislotalar bilan birikkan birikmalar – tuzlar holida
Azot atomi boʻyicha oksidlangan N-oksid shaklida
Oʻsimlik toʻqimasida alkaloidlar koʻpincha organik (oksalat, olma, limon, vino), mineral (sulfat, fosfat va boshqalar) va baʼzan oʻsimliklarning oʻziga xos (likon, xin, xilidon) kislotalar bilan birikkan tuzlar holida uchraydi.
Slayd 21
Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari – alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik erituvchilarda erimaydi. Asos xamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshi eriydi. Shu bilan birga suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydigan sof alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, kofein va boshqalar) hamda suvda yomon eriydigan alkaloid tuzlari (xinin sulfat, tanin sulfat) ham uchraydi.
Alkaloidlar kislotalar bilan birikib, kristall holdagi tuzlar hosil qiladi.
Alkaloidlarning dissotsiatsiya konstantalari juda katta chegarada (110-11 va undan yuqori) boʻladi. Shuning uchun ular kislotalar bilan turli darajada turun boʻlgan birikmali tuzlar hosil qiladi. Kichik dissotsiatsiya konstantasiga ega boʻlgan alkaloidlar (kofein, kolxitsin) kislotalar taʼsirida turun boʻlmagan tuzlar beradi. Natijada bu birikmalar suvli eritmalarda tezda parchalanib ketadi.
Slayd 22
Alkaloidlar juda kuchsiz asos xususiyatiga ega, shu sababli ular oʻz tuzlaridan boshqa asoslar (xatto natriy karbonat yoki kaliy karbonat eritmalari ham) taʼsirida osonlik bilan siqib chikariladi.
Oʻsimliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan alakaloidlar ham uchraydi. Ular molekulasi kuchli ishqor va kislotalar taʼsirida suvda eriydigan fenolit tipidagi birikma hosil boʻladi. Alkaloidlarning bu xususiyatlari ularni analiz qilinayotganda xisobga olinishi mumkin.
Miqdoriy va sifat taxlil
Alkaloidlarga xos sifat reaksiyalar. Alkaloidlarni aniqlash uchun oʻtkaziladigan sifat reaksiyalarni 2 ta katta guruxga boʻlish mumkin:
Umumiy – choʻktiruvchi reaksiyalar
Xususiy (baʼzi alkaloidlarga xos) – rang xosil qiluvchi reaksiyalar
Oʻsimliklarda alkaloidlar bor-yuqligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida oʻsimlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab boʻlmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar (yordamida) taʼsirida choʻkma xosil qiladi. Buning uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos xoldagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha plastinkachasi ustiga 1-2 tomchi tomizib quritiladi, soʻngra unga bir tomchi 0,1-0,05 n xlorid yoki sulfat kislota qoʻshib eritiladi. Agar eritma ustiga bir tomchi reaktiv qoʻshilsa, choʻkma xosil boʻladi (reaktivdan ozgina qoʻshish kerak, aks xolda choʻkma erib ketishi mumkin).
Slayd 23
Alkaloidlarni choʻktiruvchi reaktiv sifatida kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, Marme, Dragendorf reaktivlari), baʼzi kompleks kislotalar: fosfat-molibdat, fosfat-volfram, silikat-volfram kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, Sheyblar, Bertran yoxud Godfrua reaktivlari), ogʻir metall (simob, oltin, platina) tuzlari va baʼzi kislota xususiyatiga ega boʻlgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislota) ning eritmalari ishlatiladi.
Maxsulot tarkibida alkaloidlar bor – yoʻqligini aniqlash uchun umumiy (choʻktiruvchi) reaksiya quyidagicha bajariladi.
100 ML xajmli kolbaga maydalangan maxsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 1% LI eritmasidan 25 ML quyiladi va suv xammomida 5 min davomida qizdiriladi (alkaloidlar maxsulotdan tuz xolida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan soʻng filtrlanadi. Bir nechta chinni idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqori koʻrsatilgan umumiy choʻktiruvchi reaktivlardan 1-2 tomchidan qoʻshiladi.
Slayd 24
Agar eritma koʻpgina reaktivlar (kamida 5-6 xil reaktiv) bilan choʻkma xosil qilsa, bu alkaloid borligidan dalolat beradi, choʻkma xosil boʻlmasa, eritmada alkaloid yuqligini koʻrsatadi.
Maxsulot va eritmalarda qanday alkaloid borligini xar bir alkaloidga xos rangli ikkinchi guruxga kiruvchi reaksiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaksiyalar jarayonida alkaloid molekulasida suv molekulasi ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar (kons H2So4) ishtirokida aldegidlar bilan kondensatsiyaga kirishishi mumkin. Natijada xar bir alkaloidga xos turli rangdagi maxsulot xosil boʻladi.
Slayd 25
Reaktiv nomi
Formulasi
Sharoit
Reaksiya natijasi
Vagner reaktivi
J2 + Kj
Kis-LI
Qoʻnir
Bushar reaktivi
J2 + Kj
Kis-LI
Qoʻnir
Meyer reaktivi
HgJ2 +Kj (K2 Hg2 J4)
Kis-LI
Qoʻnir
Marme reaktivi
CaJ2+Kj (K2 Ca J4)
Kis-LI
Qoʻnir
Dragendorf reaktivi
BiJ3 +Kj (K Bi J4)
Kis-LI
Toʻq sariq,
Zonenshteyn reaktivi
Fosformolibden
K-ta H3Po4 12MoO3 2H2O
Kis-LI
Sariq, yashil
Bertran reaktivi
Kremnivolfram k-ta
SiO212Wo34H2O
Kis-LI
Oq
Shaybler reaktivi
Fosforvolramli K-ta
H3Po412Wo32H2O
Kis-LI
Oq
10% Tanin reaktivi
Kis-LI
Sarish
1% Pikrin kislota
Kis-LI
Sariq
5% Platina xlorid
H2PtCl6
Kis-LI
Oq
5% Sulema
HgCl2
Kis-LI
Oq
5% Oltin xloridi
AuCl4 4H2O
Kis-LI
Oq
Slayd 26
Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda kons, sulfat, nitrat, xlorid va boshqa kislotalar, formalin, turli oksidlovchi (K2Sr2O7, KClO4, H2O2), ishqorlar va boshqalar, xamda ishqorlar aralashmalari reaktiv sifatida ishlatiladi.
Alkaloidlarning N-oksid shakli sof (asos) va tuz xolidagi shaklidek reaksiyaga kirishmaganligi sababli alkaloidlarning N-oksid shakli avval vodorod yordamida qaytarilib, soʻngra analiz qilinadi.
Slayd 27
Alkaloidlarning xromatografik taxlili
Alkaloid saqlovchi oʻsimliklarning va alkaloidlarni analiz qilishda xromatografik usullarning xamma turlari (adsorbsion, ion almashish, taqsimlanish, boʻlinish va boshqalar) keng miqyosda qoʻllaniladi. Bu usullardan alkaloidni ajratmada qancha va qanday birikmalar borligi, alkaloidlar yiindisidan ayrimlarini ajratib olishda xamda ularning miqdorini aniqlashda foydalaniladi.
Xromatografik analiz qilish uchun avval maxsulotdan tegishli ajratma tayyorlanadi. Buning uchun maydalangan maxsulotdan 1 g olib, 100 ML xajmli kolbaga solinadi, ustiga xlorid kislotaning 1% LI eritmasidan 25 ML quyib, vaqt-vaqtida chayqalib turgan xolda bir necha soat davomida qoʻyib qoʻyiladi yoki qaynab turgan suv xammomi ustida 5 min qizdiriladi, soʻngra uni sovitib, paxta orqali 100 ML LI boʻluvchi voronkaga filtrlanadi. Filtratda alkaloidlar tuz xolida boʻladi. Keyin ajratma fenotftalin buyicha ishqoriy sharoitga oʻtguncha filtratga ammoniy gidrooksidining konsentrik eritmasidan tomchilab quyiladi va asos xoliga oʻtgan alkaloidlar 5 ML xloroform bilan chayqatib ajratib olinadi. Shu ajratma xromatografik analiz uchun ishlatiladi.
Slayd 28
Alkaloidlarning qogʻozli xromatografik (Kx yoki Bx) taxlili.
Xromatografik qogʻozning «start» chiziiga (pastki chetidan 2-3 sm balandligida) kapillyar naycha yordamida tayyorlangan ajratmadan 0,1 ML xamda alkaloidlarning «guvox» eritmalaridan bir-biridan 2sm masofada tomiziladi. Tomizilgan ajratma va «guvox» eritmalar qurigandan soʻng xromatografik qooz bir sutka oldin n-butenol-sirka kislota – suv aralashmasi (5: 1: 4) qoʻyib qoʻyilgan xromatografik kameraga joylashtirilib, 14-15 soat davomida xromatografiya oʻtkaziladi (xromatografik kameraning qopqi yopiq xolida boʻladi). Koʻrsatilgan vaqt oʻtgandan soʻng, xromatogramma kameradan olinadi, quritiladi va unga Dragendorf reaktivi purkaladi. Natijada ajratmadagi va «guvox» alkaloidlar sariq fondda zaraldoq dolar xolida koʻriladi. Dolarning Rf aniqlanadi va ajratmadagi xamda «guvox» alkaloidlarning Rf ni solishtirib koʻrib, oʻsimlik ajratmasida qanday alkaloid borligi to‘risida xulosa chikariladi.
Slayd 29
Alkaloidlarning yupqa qavatli xromatografik (Yukx yoki Tsx) taxlili
Ksk markali slikagel yopishtirilgan 12 x 9 sm LI oyna plastinkasi yoki «silufol» plastinkasining «start» chiziiga kapilyar naycha yordamida oʻsimlikdan tayyorlangan ajratmadan xamda «guvox» alkaloidlar eritmasidan bir-biridan 2 sm masofada 0,1 ML dan tomiziladi. Dolar quriganidan soʻng plastinka oldindan xloroform – atseton – dietilamin (5: 4: 1) suyuqliklar aralashmasi qoʻyib qoʻyilgan xromatografik kamerasiga joylashtiriladi. Xromatografiya qilish vaqti (30-40 min) oʻtgandan soʻng plastinka kameradan olinadi, quritiladi va unga Dragendorf reaktivlari purkaladi. Natijada oʻsimlikdan ajratib olingan va «guvox» alkaloidlar sariq fonda zaraldoq dolar xolida koʻriladi. Dolarning Rf lari xisoblanadi. Soʻngra oʻsimlik ajratmasidagi va «guvox» alkaloidlarning Rf larini solishtirib koʻrib, oʻsimlikda qanday alkaloid borligi aniqlanadi.
Slayd 30
Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari
Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari koʻp boʻlib, ular alkaloidlarni choʻktirish, oksidlash, asos sifatida neytrallash xamda turli rangdagi birikmalar xosil qilishga asoslangan. Maxsulot tarkibidagi alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari bilan uch bosqichdan iborat:
Alkaloidlarni maxsulotdan erituvchilar yordamida ajratib olish
Alkaloidlarni turli aralashmalardan tozalash
Toza alkaloidlar miqdorini turli usullar bilan aniqlash
Maydalangan bargdan aniq 10 g tortib olib, 250 ML LI shishaga solinadi, ustiga 150 ML efir va ammiakning kons. Eritmasidan 7 ML qoʻshib, bir soat davomida chayqatiladi. Bunda asos xamda efirga oʻtgan alkaloid eritmasini darrov 200 ML xajmdaga boshqa shishaga paxta orqali filtrlanadi, ustiga 5 ML distillangan suv qoʻshib chayqatiladi va tinitish uchun biroz quyib qoʻyiladi. Tingan efirli ajratmadan 90 ML LI silinrda oʻlchab 200 ML LI boʻluvchi voronkaga quyiladi. Silindrga ikki marta 10 ML dan efir solib chayiladi va uni voronkadagi efirli ajratmaga qoʻshiladi.
Slayd 31
Alkaloidlar tuz xolida erib oʻtgan 1% LI xlorid kislotani 200 ML LI boshqa buluvchi voronkaga diametri 5 sm LI filtr qooz orqali filtrlanadi. Kislota qismi ajratib olingandan soʻng efirli ajratmaga 15 ML 1% LI xlorid kislota qoʻshib, 3 minut davomida chayqatiladi. Shundan keyin kislota qismi ajratib olinib, oldingi kislota qismiga qoʻshiladi. Efirli ajratmaga oxirgi marta 1% LI xlorid kislotadan 10 ML qoʻshib, 3 minut davomida chayqatiladi va ajratib olingan kislota qismi oldingi porsiyalarga qoʻshiladi. Uch marta 1% LI xlorid kislota qoʻshib, chayqatib, kislota qismi ajratib olingan efirli ajratmada alkaloid qolmaydi. (Meyer reaktivi yordamida tekshiriladi). Alkaloidlar eritmasi filtrlangan filtr kooz 2 marta 5 ML dan 1% LI xlorid kislota bilan chayiladi va shu voronkaga quyiladi.
Slayd 32
Filtrat ammiak eritmasi yordamida ishqoriy xolatga keltiriladi va asos xolidagi alkaloid 3 marta xloroform bilan 3 minutdan chayqatiladi. Alkaloidlarning xloroformdagi eritmasi 4-5 gr yangi suvsizlantirilgan natriy sulfat solingan filtr qogʻoz orqali 100 ML LI kolbaga filtrlanadi. Filtr qogʻoz 2 marta 5 ML dan xloroform bilan shu kolbaga yuviladi. Natijada asl xoldagi alkaloidlarning xammasi erib xloroformga butunlay oʻtgan boʻlishi kerak. Filtrdan xloroform suv qatlami ustida xaydaladi. +olgan 1-2 ML xloroform eritmaga sprinsovka bilan xavo yuborib, xloroform butunlay uchirilsa, kolbada maxsulotdan ajratib olingan asos xolidagi alkaloidlar yiindisi qoladi. Bu yigʻindi miqdorini aniqlash uchun kolbaga 15 ML 0,02 n xlorid kislota eritmasidan qoʻshib, suv xammomi ustida biroz qizdiriladi, soʻngra indikator qoʻshib, reaksiyaga kirishmay qolgan, ortiqcha xlorid kislota natriy ishqorning 0,02 n eritmasi bilan kolbadagi aralashma yashil rangga kelgunga qadar titrlanadi. 1 ML 0,02 n LI xlorid kislota eritmasi 0,00578 gr alkaloidga toʻgʻri keladi.
Slayd 33
Absolyut quritilgan maxsulotdagi alkaloidlarning % miqdori quyidagi formula buyicha xisoblanadi:
X ((a-b) 0,0057800100100) / (P (100-W))
X – maxsulot tarkibidagi alkaloidlarning % miqdori;
A – asos xolidagi alkaloidni eritish uchun olingan 0,02 n xlorid kislotaning ML miqdori;
B – reaksiyaga kirishmay qolgan 0,02 n HCl ni titrlash uchun ketgan 0, 02n NaOH ning ML miqdori;
P – xisoblash uchun olingan maxsulot ogʻiriligi;
W – maxsulotni absolyut quritilganda yoʻqotilgan namlik miqdori
Xozirgi vaqtda alkaloidlarning chinligini, miqdorini aniqlashda quyidagi usullardan xam keng koʻlamda foydalanilmoqda
Siqib chiqarish usuli
NaOH Alk Ha- Alk H20 NaSO4
Kayta – titrlash usuli ishlatiladi AgNO3
Suvsiz titrlash usuli
HClO4 kislotaning sirka kislotadagi eritmasi
R3N Ch3Cooh R3NH Ch3Coo-
Hclo4 Ch3Cooh Ch3Cooh2 ClO4-
Ch3Cooh2 Ch3Coo- 2 Ch3Cooh
R3N HClO4 R3Nh ClO4-
Ion almashinuv usuli
Asosan kationidlar ishlatiladi
Spektrofotometrik usullar
Optik zichlik konsentratsiya bilan bogʻlanib grafik chiziladi va kesishgan joyi topiladi
Slayd 34
Mustahkamlash uchun savollar
Alkaloidlarni ochilishi, tarixi
Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor oʻsimliklar tasnifi
Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari
Miqdoriy va sifat taxlili
Alkaloidlarni ajratish usullari
Slayd 35
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 36
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
IRSIYAT QONUNLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Orol dengizdagi bugungi holat va muammolari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TIBBIY GELMINTOLOGIYA. YUMALOQ CHUVALCHANGLAR – ODAM PARAZITLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Immunitet. immunitet turlari. Fagotsitoz mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
HUJAYRA ORGANOIDLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSH XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
СПОСОБЫ ДЕЛЕНИЯ КЛЕТОК АМИТОЗ, МИТОЗ И МЕЙОЗ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BARGNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Oliy nerv faoliyatning yosh xususiyatlari Nerv tizimining gigiyenasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 55 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DUNYODAGI ENG ZAHARLI 10 TA HAYVON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
KIRISH – ODAM ANATOMIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.