Akademik litseylar uchun biologiyadan DTS va o‘quv dasturlarini tahlil qilish
4000 so'm

Slayd 1
Akademik litseylar uchun biologiyadan Dts va oʻquv dasturlarini tahlil qilish
Slayd 2
Davlat taʼlim standarti haqida umumiy tushuncha
Biologiya taʼlim standartining tarkibiy qismlari
Oʻquv dasturi haqida tushuncha
Biologiya oʻquv dasturining tuzilishi
Biologiya darsliklari tahlili
Reja:
Slayd 3
Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz taʼlimni joriy etishning ilmiy-nazariy asosi boʻlgan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonunning 7-moddasida «Davlat taʼlim standartlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim mazmuniga hamda sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi. Davlat taʼlim standartlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasining barcha taʼlim muassasalari uchun majburiydir» deb belgilab qoʻyilgan.
Slayd 4
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning birinchi bosqichida yuqorida qayd etilgan taʼlim muassasalari uchun Dts ishlab chiqildi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16-avgustdagi Qaroriga binoan amaliyotga joriy etildi.
Slayd 5
“Standart» soʻz inglizcha boʻlib, «nusxa», «oʻlcham», «meʼyor» degan maʼnolarni anglatadi.
Slayd 6
Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti oʻquvchilar umumtaʼlim tayyorgarligiga, saviyasiga qoʻyiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Slayd 7
Biologiya taʼlimi standartidagi «Oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan minimal talablar» oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi shart boʻlgan koʻrsatkichlarni ifodalaydi. Bunda oʻquvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlarini taʼminlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan koʻrsatkich va talablar biologiya taʼlimining asosiy sifatlarini baholashda oʻlchov boʻlib xizmat qiladi.
Slayd 8
Davlat taʼlim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
Oʻquv dasturlari mazmunining jamiyatimizda roʻy berayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bogʻliqligi;
Umumiy oʻrta taʼlimning uzluksiz taʼlimning boshqa turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va taʼlim mazmunining uzviyligi;
Umumiy oʻrta taʼlim mazmunining insonparvarligi;
Taʼlim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi;
Umumiy oʻrta taʼlim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga tayanish;
Oʻqituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan anʼanaviy qarashlar bilan
«Taʼlim toʻgʻrisida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
Slayd 9
“Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010-yil 17- martdagi qoʻshma yigʻilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus va Xalq taʼlimi vazirliklarining 134- va 62-sonli qoʻshma buyruqlariga asosan umumtaʼlim fanlarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha umum taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy taʼlim muassasalarining yuqori pedagogik mahorat va tajribaga ega amaliyotchi oʻqituvchilari, yetakchi olim, metodist va mutaxassislarni jalb etgan holda 31 ta ishchi guruhlari tuzildi.
Slayd 10
Tahlillar asosida oʻquvchilarning yoshi imkoniyatlari va psixofiziologik xususiyatlariga asoslanmasdan umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga kiritilgan yoki 12 yillik majburiy taʼlimga oʻtish davrida quyi bosqichlarga oʻtkazilgan, sinflar, taʼlim bosqichlari (umumiy oʻrta va oʻrta maxsus kasb hunar taʼlimi) mazmunida takrorlangan, izchilligi taʼminlanmagan jami 813 soat hajmdagi mavzular aniqlanib, optimallashtirildi.
Slayd 11
Shundan, 247 soat hajmdagi mavzular umumiy oʻrta taʼlim oʻquv dasturlaridan chiqarilib, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga, 327 soat hajmdagi mavzular esa sinfdan-sinfga oʻtkazildi, 239 soat hajmdagi mavzular sinflarda takrorlanganligi uchun qisqartirilib, maqbullashtirildi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga oʻtkazilgan va sinflar kesimida maqbullashtirilgan soatlar hisobidan amaliy mashgʻulotlar uchun qoʻshimcha 240 soat, murakkab mavzularni kengaytirib oʻqitish uchun 359 soat, yangi mavzular uchun 214 soat ajratildi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimida 413 soat hajmdagi mavzular optimallashtirilib, 333 soat hajmdagi mavzularga qoʻshimchalar kiritilib toʻldirildi va qolgan 80 soati mavjud mavzular tarkibiga singdirildi.
Slayd 12
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklari uzviyligi, uzluksizligi hamda oʻquvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi.
Birinchi bosqichda (gorizontal tahlil) umumiy oʻrta taʼlimda oʻqitiladigan 24 ta oʻquv fani boʻyicha Dts, oʻquv dasturi va darslik mazmuni sinflar kesimida tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.
Ikkinchi bosqichda (vertikal tahlil) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻrganilishi davom etadigan 17 ta umumtaʼlim fanlari, jumladan, biologiya fani boʻyicha umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimning Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari uzviylik va uzluksizlik jihatidan tahlil qilinib, oʻquvchilarning taʼlim bosqichlarida egallashlari lozim boʻlgan bilimlarining hajmi optimallashtirildi.
Slayd 13
Jumladan, ishchi guruhlar xulosalari va tahlillari, Ilmiy – metodik Kengash tavsiyalari asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-9-sinflarida biologiya fanidan jami 12 soat hajmdagi 6 ta mavzu optimallashtirildi. Shundan, 9 soat hajmidagi 4 ta mavzu kasb-hunar kollejlari va akademik litsey oʻquvchilari yoshiga xosligi sababli umumiy oʻrta taʼlim dasturidan chiqarildi. 1 soatlik 1 ta mavzu sinfdan-sinfga va 1 soatlik yana bir mavzu bobdan-bobga koʻchirildi Mazkur oʻzgarishlar 5, 6, 8, 9-sinflarda amalga oshirildi.
Slayd 14
Natijada, umumiy oʻrta taʼlim davlat standartlarining sharhlari va umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb hunar kollejlarida oʻqitiladigan 18 ta umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻquv dasturlari qayta ishlandi hamda Respublika taʼlim markazi huzuridagi fanlar boʻyicha Ilmiy-metodik kengashlar hamda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning fan komissiyalarida muhokama etilib, tasdiqlandi.
Slayd 15
Bundan tashqari, barcha umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻqituvchilar uchun taqvim-mavzu rejalarining namunalari ishlab chiqildi hamda optimallashtirilgan oʻquv dasturlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha metodik tavsiyalar tayyorlandi.
Shu asosda umumiy oʻrta taʼlimda foydalanib kelinayotgan darsliklar mazmuniga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritildi, masalan, 8-sinf iqtisodiy bilim asoslari fanidan 6,3%, geografiya fanidan 3,5%, 9-sinf biologiya fanidan (Sitologiya va genetika asoslari) 6,2% oʻzgarishlar darsliklar mazmuniga singdirildi.
Slayd 16
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida biologiya taʼlimining maqsadi:
Biologiya-tirik tabiat, hayot, uning kelib chiqishi, xilma-xilligi, taraqqiyotning barcha jihatlari haqidagi fanlar majmuasidan iborat boʻlib, umumtaʼlim maktablarida biologiya taʼlimining roli shu fanning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan belgilanadi. Respublika mustaqilligining dastlabki yillaridan taʼlim-tarbiya sohasini isloh qilish natijasida toʻplangan tajribalar, chiqarilgan bir qator qonunlar va biologiya oʻqitishning kelgusidagi talablar darajasiga koʻtarish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va taʼlim olishni davom ettirishlari uchun zarur boʻlgan bilimlarni egallashlari lozim.
Slayd 17
-Oʻquvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi gʻoyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini shakllantirishga oid bilimlar bilan tanishtirish;
-Tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan moslanish mexanizmlari haqida maʼlumot berish;
-Tirik organizm va unda ketadigan barcha jarayonlar.
-Oʻquvchilarni organizmlarning hayoti, ularni individual va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari, (hujayra, organizm, populyasiya, tur, darajalar) biologik jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, ularning biologiyani oʻrganishiga boʻlgan qiziqish va ijodiy qobiliyatlarini oshirish hamda kelgusidagi uzluksiz taʼlim tizimini davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
-Oʻquvchilarni oʻzlarining va oʻzgalarning salomatliklarini saqlashga, sogʻlom turmush tarzini tarkib toptirishga yunaltirish;
-Biologiya taʼlimi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika taraqqiyoti bilan mustahkam bogʻlanishini taʼminlash asosida oʻquvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yoʻnaltirish;
-Tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda boʻlish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;
-Biologiya taʼlimi mazmunini oʻlkaga oid materiallar bilan boyitish, biologik bilimlar zaminida mahalliy oʻsimlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali oʻquvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Slayd 18
Biologiya fanidan oʻquvchining kompetensiyasi
Biologiya fani boʻyicha egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qoʻlay olish qobiliyatidir.
Slayd 19
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim – oʻquvchilarda egallangan bilim, koʻnikma va malakalarini oʻz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlimdir.
Slayd 20
Inson oʻz hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda oʻz oʻrnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi oʻz sohasi, kasbi boʻyicha raqobatbardosh boʻlishi uchun zarur boʻlgan tayanch kompetensiyalarga ega boʻlishi lozim.
Bundan tashqari, taʼlimda har bir oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchilarda, shu fanning oʻziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalarham shakllantiriladi.
Kompetensiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Slayd 21
Kommunikativ kompetensiya
Jamiyatda oʻzaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal oʻzlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
Oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan toʻgʻri qoʻya olish va javob berish;
Ijtimoiy moslashuvchanlik, oʻzaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
Muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda oʻz pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
Turli ziddiyatli vaziyatlarda oʻz ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) boʻlgan qarorlarni qabul qila olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
Media vositalardan zarur boʻlgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini taʼminlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish;
Maʼlumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;
Kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni toʻldirish, mehmonxona roʻyxatida oʻzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
Tayanch kompetensiyalar:
Slayd 22
Tayanch kompetensiyalar:
Shaxs sifatida oʻz-oʻzini rivojlantirish kompetensiyasi
Shaxs sifatida doimiy ravishda oʻz-oʻzini rivojlantirish, jismoniy, maʼnaviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Hayot davomida oʻqib-oʻrganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
Oʻz hatti-harakatini adekvat baholash, oʻzini nazorat qila bilish, halollik, toʻgʻrilik kabi sifatlarga ega boʻlish;
Oʻqib-oʻrganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Jamiyatda boʻlayotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Oʻzining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (yaʼni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);
Mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega boʻlish;
Kasbiy mavqyeining oʻsishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli boʻlish.
Slayd 23
Umummadaniy kompetensiyalar
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga eʼtiqodli boʻlish;
Badiiy va sanʼat asarlarini tushunish, taʼsirlana olish;
Orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy meʼyorlarga va sogʻlom turmush tarziga amal qilish, umumbashariy ahamiyatga ega boʻlgan qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar, milliy-madaniy anʼanalar va. h. k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda boʻlish;
Oʻzgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, oʻzgalarning dunyoqarashi, diniy eʼtiqodi, milliy va etnik hususiyatlari, anʼana va marosimlarini hurmat qilish;
Xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda oʻrnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor boʻlish hamda foydalanish kompetensiyasi
Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;
Shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
Kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni oʻqiy olish va foydalanish;
Inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor boʻlish hamda foydalana olish.
Tayanch kompetensiyalar:
Slayd 24
Biologiya oʻquv fani boʻyicha xususiy kompetensiyalar:
Biologik jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish
Tabiat va unga xos boʻlgan biologik jarayonlar-oʻsimliklarning oʻsishini kuzatish, ularni tagini yumshatish, oʻgʻitlash, tirik organizmlarning tuzilishi, faoliyati va tashqi muhitdagi rolini tushunish, biologik jarayonlar toʻgʻrisida aniq tasavvur qilish va anglash layoqatini hosil qilish. Biologik jarayon, hodisalarni kuzatish va tushuntirish.
Ekologik madaniyat. Tabiat qonunlarini yaxshi bilish, amalda tatbiq etish, yoshlarni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash, salomatlik, suv, biologik xilma-xillik, atrof-muhit tozaligini, sogʻliqlikni mustahkamligini, turmush farovonligini, tabiiy va antropogen ofatlar, chiqindi muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etishda oʻz hissasini qoʻshishga oʻrgatish asosida ekologik madaniyatni shakllantirish. Tabiatni qadrlash va unga nisbatan ijobiy munosabatda boʻlish, oʻz sogʻligi va boshqa insonlarning sogʻligini qadrlash, tabiatda oʻzini tutish, oʻsimlik va hayvonlarni muhofaza qilishga oʻrgatish
Tajribalarni oʻtkazish uchun zarur jihozlar bilan ishlay olish. Biologiyaning asosiy tushuncha va qonuniyatlarini tushuntirishda havfsizlik qoidalari, kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalanish hamda ular yordamida mavzularga oid boʻlgan oddiy tajribalar oʻtkazish layoqatini hosil qilish
Biologiyadan olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash
Oʻrganilgan bilim va koʻnikmalarni kundalik amaliy hayotda qoʻllay olish. Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun oʻsimliklarni parvarishlash, oʻgʻitlash, shakl berish, oʻsimliklarni muhofaza qilish, test topshiriqlarini bajarish, sogʻlom turmush tarziga oid mashgʻulotlarni bilish, kundalik isteʼmol maxsulotlarning foydali va zararli tomonlarini farqlash.
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Hayvonot dunyosi muhofazasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
KIRISH – ODAM ANATOMIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
СПОСОБЫ ДЕЛЕНИЯ КЛЕТОК АМИТОЗ, МИТОЗ И МЕЙОЗ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Bargning morfologik va Anatomik tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMUMIY FARMAKOLOGIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
MUSKULLAR SISTEMASI. OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TAYANCH – HARAKAT A’ZOLAR TIZIMI. QO‘L VA OYOQ SUYAKLARINING TUZILISHI HAMDA ULARNING BIRIKISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMURTQALILAR NAFAS OLISH TIZIMINING SOLISHTIRMA ANATOMIYASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
YURAK–QON TOMIRLARI TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOSFERA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Qushlarning umumiy tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DUNYODAGI ENG ZAHARLI 10 TA HAYVON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.